Joylab saramjonlash (upakovkalash) xarakteriga ko‘ra yuklar taralangan va
tarasizlarga bo‘linadi.
Yuklarni tasniflashdan maqsad transport vositasi, tashish usullaridan yaxshiroq
foydalanish, ortish-tushirish ishlarida mexanizatsiyadan foydalanish kabilardir.
2.tara va uning xizmati Ortish va tushirish, tashish va saqlov operatsiyalarida yuklarni buzilishining
oldini olish uchun taralardan foydalaniladi.
Taralar mustahkam, ko‘p marotaba foydalanishga mo‘ljallangan va iloji boricha
arzon materiallardan yasalgan bo‘lishlari zarur.
Ba’zi bir taralangan yuklar zaifligi (mo‘rtligi) yoki boshqabir xususiyatlariga
ko‘ra ular qo‘shimcha, ishonchliroq tara (supertara)lashni talab qiladilar. Masalan, sut
mahsulotlari yoki shisha qadaxli mineral suvlar tashishda shisha qadaxlarini maxsus
reshyotka (plassmassa)larga joylashtiriladi, butilkadagi kislotalar daraxt shoxlaridan
to‘qilgan maxsus savatlarda tashiladi.
Taralargabaritlari, shakllari va unga joylashtiriluvchi yuk og‘irlik miqdoriga
hamda ishlatiluvchi materiallariga ko‘ra o‘z standart (andoza)lariga egadirlar.
Taralarni standartlash tovar oborotini yaxshilash bilan birga, barcha transportlarda
ham transport vositasi kuzovi yoki platformasi sig‘dirishi (yuk sig‘dirish va ko‘tarish
qobiliyati) dan maksimal foydalanish, bir turdagi ortish va tushirish mexanizmalari,
konteyner va tagliklardan foydalanish imkonini beradi.
Aksariyat hollarda ishlatiluvchi taralar: yashik, qoplar (ipchiq, tolali, qog‘oz-
kraftqop), bitumlashtirilgan yoki bitumlashtirilmagan,polietapilen (mineral o‘g‘itlar
uchun), metall va yog‘ochli bochkalar va boshqalar.
457
Bochka
Savat
Shisha
idishlar
uchun
yashik
Dumaloq
yashik
Taralarning turlari
Odatda yuklarni tashish, ortish va tushirish operatsiyalarida saqlash
maqsadidataralar markirovkalanadi. Markirovkalash to‘rt xilbo‘ladi: