452
10-mavzu: Avtomobil transportida yuk tashish
Asoslari
Reja
:
1.
Yuk
2.
Tara va uning xizmati
3.
Yukhosil etuvchi va yuk qabul etuvchi punktlar
Tayanch so‘z va iboralar:
yuk, netto, brutto, tara, nogabarit yuk, me’yoriy
og‘irlikdagi yuk, og‘ir massali yuk,sochiluvchan yuk, uyib tashiluvchi yuk, xavfli
yuk, uzun o‘lchamli yuk, supertara, markirovka, konteyner, taglik, yuk tashish hajmi,
yuk oboroti, notekislik koeffitsienti, yuk hosil etuvchi, yuk qabul etuvchi, yuk oqimi
1.
Yuk
Yuk tashish ob’ektlariga kon qazilmalari va mahsulotga kayta ishlov berish
sanoatlari, qurilishva savdo tashkilotlari, boshqa har xil ishlab chiqarishhamda uy joy
ro‘zg‘orlari kiradi. Yuk deyilganda tashish uchun qabul qilingandan to uni egasiga
topshirilgungacha buyumlar tushuniladi. Yuklar ayni buyum (tovar) va taralardan
iborat bo‘lishi mumkin. Tashilgan yuklarning o‘lchami faqatgina tonna o‘lchamida
bo‘ladi. Boshqa o‘lchamlar-litr, dona, kub metr kabilar-tonna o‘lchamiga o‘tkazilishi
shart. Ko‘pchilikyuklar tarasiz tashiladi va ularni tarasiz tashish deyiladi.
Yuk (tovar)ning sof og‘irligi netto, tara bilan birgalikdagi og‘irligi brutto,
taraning o‘z og‘irligi - tara og‘irligi tushunchalari bilan yuritiladi.
Tashishni tashkil etishda yuklar tonnalarda o‘lchanuvchi brutto og‘irligi bilan
hisoblab boriladi.
Ko‘pchilik
yuklar atrof muhit ta’siriga moyildirlar. Ba’zi yuklar
havoningnamligi ta’sirida korroziya (zanglash)ga moyildirlar; boshqalariga - tez
buzuluvchi oziq-ovqat buyumlariga yuqori darajali harorat, sabzavot va ho‘l meva
hamda boshqaba’zi bir yuklarga esasovuq havo ta’sir etadi.
Dostları ilə paylaş: