tabel raqami » qatorida haydovchining avtokorxonadagi raqami yoziladi.
«tirkamalar » qatoriga avtomobil bilan yo‘lga chiqariladigan tirkama va yarim
tirkamalarning rusumi, davlat va garaj raqamlari yoziladi. Bu qatorlarga joylarda
almashtirilgan tirkama va yarim tirkamalarning raqamlari yoziladi.
«kuzatib boruvchi shaxs » nomli qatorda topshiriqni bajarish uchun avtomobilni kuzatib
boruvchi shaxslar (yukchi, ekspeditor, stajyor va boshqalar)ning sharifi, otasi
ismining bosh harflari yoziladi.
«haydovchi va avtomobilning ishi » qatorida 2 va 3-
ustunlarga jadval bo‘yicha yo‘lga chiqadigan va qaytadigan avtomobilning chiqish
sanasi (oy, kun) va qaytish vaqti (soat va daqiqa) yoziladi.
«haydovchiga topshiriq »
qatorida «kimning ixtiyoriga» nomli 16-ustunga buyurtmachining talabi asosida
avtomobil topshiriqlarni bajarish uchun kimning ixtiyoriga borsa, o‘sha
buyurtmachining nomi yoziladi.
«kelish vaqti » nomli 17-ustunga sharnoma shartlari
bo‘yicha avtomobil buyurtmachining talabi yoki ish jadvaliga ko‘ra buyurtmachiga
kelish vaqti (soat, daqiqa) yoziladi.
«yuk qayerdan olinadi » nomli 18-ustunda va
«yuk qayerga olib boriladi» nomli 19-ustunda buyurtmachilarning talabi yoki
shartnoma shartlariga muvofiq yuk ortish va yuk tushirish joylarining manzili
yoziladi.
«yukning nomi » nomli 20-ustunga buyurtmachining talabnomasiga asosan
yukni boshqa avtomobilga ko‘chirib ortiladigan va avtomobilni tashishga tayyorlash
(brezent, arqon, mustahkamlaydigan moslamalar va hokazo) va haydovchiga axborot
beradigan narsalarning nomlari yoziladi.
«yuk bilan qatnov soni » nomli 21-ustunga
talabnoma yoki bir martalik buyurtma asosida topshiriqni bajarish uchun zarur
bo‘lgan yukli qatnovlar soni yoziladi.
«masofa» nomli 22-ustunga masofalar jadvali,
joylar yoki xarita bo‘yicha masofalarni o‘lchash dalolatnomalari asosida yuk tashish
joylari orasidagi masofa yoziladi. Rekvizitlar haydovchiga axborot berish, yo‘lda
nazorat qilish va talab etiladigan yonilg‘i miqdori va boshqa hisoblarni belgilashga
xizmat qiladi.