yuk to‘g‘risida ma’lumotlar » bo‘limining 1, 2, 4, 5, 6
va 7-ustunlari to‘ldirilmaydi. Ko‘rsatilgan ustunlarning ochiq qolgan qatorlarida
ixtisoslashtirilgan shaklning nomi, raqami va ularni yozib borish vaqti ko‘rsatiladi.
«hammasi bo‘lib shuncha pullik tovar berildi » nomli qatorga yuklab jo‘natilgan
tovarlarning umumiy qiymati so‘z bilan yoziladi,
«jo‘natishga ruxsat beruvchi »
nomli qatorda tovarmoddiy boyliklarni jo‘natishga mas’ul bo‘lgan hujjatdagi
yozuvlarning to‘g‘riligi uchun imzo qo‘yuvchi va yukni oluvchiga jo‘natish uchun
ruxsat beruvchi mansabdor shaxs ko‘rsatiladi.
Tovar-transport hujjatining sarlavha qismiga quyidagilar yoziladi:
«yo‘l varaqasining raqami » nomli qatorga yo‘l varaqasining raqami yoziladi.
«avtokorxona » nomli qatorga haydovchi taqdim etgan yo‘l varaqasi asosida
avtomobil transportida yuk tashiyotgan avtokorxonaning nomi yoziladi.
«haydovchi »
nomli qatorga haydovchining ismi-sharifi yoziladi.
«avtomobil » va «
tirkama »
qatorlariga yuk ortish uchun kelgan avtomobil va tirkamalarning rusumi hamda
davlat raqamlari yoziladi.
«yuk haqida ma’lumotlar » bo‘limida old tomonidagi
yozuvlar asosida quyidagi rekvizitlar to‘ldiriladi:
«yuk bilan keluvchi hujjatlar »
nomli 8-ustunga tovartransport hujjatiga ilova qilinadigan hujjatlar (temiryo‘l
nakladnoylari, sertifikatlar, guvohnomalar va boshqalarning raqamlari va nomlari
yoziladi. Haydovchi ekspeditor ko‘rsatilgan hujjatlarni qabul qilishi va uni yuk bilan
birga yuk oluvchiga topshirishi shart.
«o‘ram turi » nomli 9-ustunda yuk tashiladigan
idishlar turi (masalan, «yash», «korz» «boch», «pak» va sh. K) qisqartirilib yoziladi.
Tashish uchun o‘ralmagan holda olib kelingan yuklar qisqartirilgan holda,
«