O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202


Boshqaruv tizimini turli jabhalarga bo‘lish mumkin



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə301/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

Boshqaruv tizimini turli jabhalarga bo‘lish mumkin: 
butun tarmoqni 
boshqarish; har bir tarmoq tasarrufidagi korxona-larni boshqarish; korxonalar 
ichidagi bo‘limlarni boshqarish va h.k. 
 
Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruvining tashkiliy 
tuzilmalari 
Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruvi tashkiliy tuzilmalarining 
quyidagi turlari mavjud (1-rasm). 
Chiziqli (pog‘onali) tuzilma
. Chiziqli (pog‘onali) tarkib boshqaruv 
tarkibining eng sodda turi hisoblanadi. 
Bunda boshqaruvning hamma funktsiyalari korxona rahbari qo‘lida to‘planib, 
barcha quyi rahbarlar va ishlab chiqarish yacheykalari unga bo‘ysunadi. Har bir 


542
rahbar o‘ziga ishonib topshirilgan bo‘linma faoliyatini yakkaboshchilik asosida 
boshqaradi va zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi. 
Chiziqli tarkibning o‘ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bor. 
Chiziqli tarkibning ijobiy tomonlari: 
- o‘zaro zid, chalkash topshiriqlar berilish hollarini kamaytiradi: 
- yakkaboshchilik va shaxsiy javobgarlik mustahkamlanadi
- bu tarkib oddiy, puxta va tejamlidir; 
- bosqichlar soni kam bo‘ladi; 
- boshqariluvchi ob’ekt ishiga kam kishi aralashadi; 
- vazifalar tez hal etiladi; 
- butun tizim samarali ishlaydi
- xodimlar faqat o‘z rahbariga hisobot beradilar. 
Chiziqli tarkibning salbiy tomonlari: 
- bunday tarkib oddiy masalalarni echishga mo‘ljallanganligi sababli uning 
borasida kompleks masalalarini echish ancha qiyin kechadi
- bunday sharoitda rahbarlar ko‘proq tezkor ishlar bilan band bo‘lib, strategik 
muammolarni e’tibordan chetda qoldiradilar
- bunday boshqaruv sharoitida buyruqbozlik va rasmiyatchilik-ning paydo 
bo‘lish xavfi kuchli bo‘ladi, bunga sabab, tarkibning har bir bo‘g‘inida rahbar o‘z 
lavozimi bo‘yicha farmoyish berish huquqiga ega bo‘lishidir. 
Ishlab chiqarish tobora murakkablashib, ish ko‘lamining kengayib borishi 
boshqaruv funktsiyalarini tabaqalashtirishni talab qiladi, chiziqli tarkibning o‘rniga 
chiziqli-shtabli tarkibning vujudga kelishini taqozo etadi. 

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin