543
Funktsional tuzilma.
Funktsional tuzilma tarkibi rahbarlar va tarkib
bo‘g‘inlarining boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgandir. Bunda har
bir boshqaruv bo‘g‘iniga muayyan funktsiyalar biriktirib quyiladi.
Boshqaruv apparatini funktsional ixtisoslashtirish samaradorligini ancha
oshiradi. Boshqaruvning hamma funktsiyalarini bajarishi lozim bo‘lgan universal
rahbarlar o‘rniga o‘z sohasini puxta biladigan, o‘z shtatiga ega bo‘lgan, o‘ziga
topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mo‘taxassislar apparati paydo
bo‘ladi.
Funktsional bo‘linmalar bevosita barcha quyi tarkib bo‘linmalarining
faoliyatini boshqaradi.
Funktsional tarkib ham o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega.
Funktsional tarkibning ijobiy tomonlari:
- bu tarkibda boshqaruv faoliyati chuqur ixtisoslashadi. Bu esa boshqaruv
samaradorligining kasb mahorati darajasining o‘sishini ta’minlaydi. Masalan,
marketing bo‘yicha mo‘taxassis shu sohani boshqa yuqori organlar rahbarlaridan
yaxshi biladi va bu ishni yuqori saviyada bajaradi;
- funktsional sohada muvofiqlashtirish ishini yaxshilashga erishiladi.
Xodimlar bunga tez ko‘nikma hosil qiladilar;
- moddiy xarajatlarni kamaytiradi, boshqarishdagi takrorlanishlarga chek
qo‘yadi va hokazo.
Funktsional tarkibning salbiy tomonlari:funktsional organlar o‘ziga topshirilgan
vazifalarni sifatli bajarishdan manfaatdor bo‘lib, «begona» vazifalar uchun ham,
butun korxonaning umumiy faoliyati uchun ham javob bermaydi.
Bunda har bir rahbar o‘z vazifasi bo‘yicha farmoyish berish uchun barcha
huquqlarga ega. Binobarin, bu narsa yakkaboshchilik tamoyillarining buzilishiga,
ijrochilarning mas’uliyati kamayib, intizomning bo‘shashiga olib keladi. Chunki har
bir ijrochi bir boshliqqa emas, ayni vaqtda, bir necha boshliqqa bo‘ysunadi,
ko‘pincha ulardan bir-biriga zid ko‘rsatmalar oladi.
Dostları ilə paylaş: