540
Litsenziya ikki nusxada bo‘lib, hujjatt berishga javobgar shaxs tomonidan qo‘l
qo‘yilib, berayotgan organning muhri bosilib, bir nusxada ariza beruvchiga
topshiriladi.
Litsenziyada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘ladi:
- litsenziya berayotgan muassasa nomi;
- yuridik shaxsning nomi va manzili yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirayotgan shaxsning ismi-sharifi, turar joyi;
- litsenziya berilayotgan faoliyat turi;
- faoliyatni amalga oshirish qoidalari va shart-sharoitlari;
- litsenziyaning ro‘yxat raqami, berilgan vaqti va muddati.
Agar tadbirkor ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshirishda litsenziyada
belgilangan qonun-qoidalarni yoki amaldagi qonunlarni buzsa, shuningdek, aholi
hayotiga xavf-xatar keltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullansa, u holda litsenziya bergan
muassasa tadbirkorni litsenziyadan foydalanish huquqidan mahrum qilishga haqlidir.
Agar tadbirkorlik faoliyati tugatilsa yoki tadbirkor litsenziyadan foydalanish
huquqidan mahrum qilinsa, u holda litsenziya litsenziya bergan muassasa tomonidan
olib qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: