(3-ilova) (4-ilova) Kichik guruhlarda ishlash texnologiyasi O‘qituvchi o‘quvchilar bilan kichik guruhlarda ishlashni tashkil etish
uchun faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan
masalalar belgilanadi. Mavzuning kerakli asosi yaratiladi. Mavzuni o‘rganishdan
oldin o‘quvchilar mazkur muammo haqida tushunchaga ega bo‘lishlari lozim.
Keyin guruh o‘quvchilari kichik guruhlarga, ya’ni 3-5 kishidan bo‘linishlari
kerak. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga aniq ko‘rsatmalar beriladi. Berilgan
muammoni yechishda o‘qituvchi o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlab va yo‘naltirib
turadi. Mavzu so‘ngida muhokama qilinadi.
O‘quvchi kichik guruhlarda ishlaganida, darsda faol ishtirok etish
huquqiga, boshlovchi ro‘lida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va turli nuqtai-
nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.
1-guruhga topshiriq: Yuk ko‘taruvchanlikdan foydalanish koeffitsientlari nechta turga bo‘linadi?
2-guruhga topshiriq: Yuk ko‘taruvchanlikdan foydalanish koeffientini oshirish uchun qanday tadbirlar
qo‘llash mumkin?