441
Umum foydalanish avtomobil yo‘llarida ishlatiluvchi
barcha avtomobil va
avtopoezdlar, o‘lcham va massalari cheklanganlik talablariga javob berishlari lozim.
Bunday talablar barcha davlatlarda ham qonun tusida belgilanadi.
Masalan, mdh davlatlarida davlat standartiga binoan og‘irlik
va gabarit
o‘lchamlari cheklangan.
Avtomobillarning yuklangan holdagibalandligi 3,8 m, kengligi 2,5m oshmasligi
zarur.
Egar tyagachli va bitta yarim tirkamali avtopoezdlar uzunligi 20 m,
ikki va
undan ko‘p tirkamali avtopoezdlar uchun 24 m dan oshmasligi lozim.
Yuk avtomobillari o‘qidan yo‘l qoplamasi tushuvchi kuchlar chegarasi yuqorida
berilgan.
Samasvalavtomobillari uchun ham «b» guruhli yo‘llarga tushuvchi o‘q og‘irlik
kuchi 65kn (6,5tk) oshmasligi kerak.
Er kurrasidagi barcha mamlakatlarda ham avtomobil
va avtopoezdlarda yuk
tashish tendensiyalari o‘sib
borishini hisobga olinib, ba’zi
bir chegaraviy
ko‘rsatkichlarni
takomillashtirishga
harakat
qilinmoqda.
Masalan,
aqshdaavtomobillar kengligi 2,44 m dan 2,59 m ga massa og‘irligi 32,2 t dan 56,7 t
gacha oshirish nazarda tutilgan.
Evropa ittifoqi ministrlar kengashining 1989 y. 14
mart kuni xalqaro tashish
bilan bog‘liq yangi standartiga ko‘ra avtomobillar kengligi 2,55m
hamda yon
devorlari 45mm qilib ishlangan avtorefrijerator uchun esa 2,6m belgilangan bo‘lib,
bu kenglik 1993 y. 1 yanvardan boshlab amalga oshirildi. Avtomobil va avtopoezdlar
massasi va boshqa o‘lchamlari parametrlarining yangi ko‘rsatkichlari
ishlab
chiqilgan.
Bu reglament loyihasiga binoan yakka o‘qdan tushuvchi massa og‘irligi 115kn
(11,5tk), qo‘shaloq o‘qdan esa 180kn (18tk) belgilangan.
Avtopoezdlar umumiy
massasi 40 t, yakka ishlovchi ikki o‘qli avtomobil uchun 180kn (18tk) va uch o‘qli
avtomobil uchun 250kn (25tk) gacha belgilangan va boshqalar.