437
O‘q massasi orqali yo‘l qoplamalariga tushuvchi og‘irligiga ko‘ra uchinchi
guruhli avtomobillarga umum foydalanish avtomobil yo‘llarida ishlatilishi mumkin
bo‘lmagan og‘ir massali avtomobillar kiradi. Bunday avtomobillar yo‘l qoplamasidan
qat’iy nazar, umum foydalanish avtomobil yo‘llarida ishlashi mumkin emas. Bunday
avtomobillarda bir o‘q massasiga tushuvchi og‘irlik 100kn (10tk) dan ortiq bo‘ladi.
Bunday avtomobillarni guruhlash tasnifiga ko‘ra ular “yo‘llardan tashqari yoki karer”
avtomobillari nomi bilan yuritiladi.
Barcha avtomobillar o‘z navbatida yuk yoki yo‘lovchilar tashuvchi transport
avtomobillariga va transport avtomobillari bo‘lmagan maxsus vazifali avtomobillarga
bo‘linadi. Maxsus avtomobillarga o‘t o‘chiruvchi, kommunal xizmat(suv sepuvchi,
supuruvchi, axlat va boshqa chiqindilar tashuvchi va h.k) ko‘rsatuvchi, avtokranlar,
sanitariya avtomobillari, tibbiy tez yordam avtomobillari, texnik yordam va ustiga
ustaxona o‘rnatilgan, sport va shu kabilar kiradi.
Dostları ilə paylaş: