O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə231/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

Nazorat savollari 
1.
Transportning iqtisodiyotdagi ahamiyati nimadan iborat? 
2.
Transport jarayoni deganda nimani tushunasiz? 
3.
Transport jarayoni asosiy elementlariga nimalar kiradi? 
 


436
8-mavzu

Transport vositalari va ularga qo‘yiladigan asosiy 
ekspluatatsiontalablar 
 
Reja: 
 
1.
Transport vositalarining tasnifi
2.
Avtomobillar o‘lchami va massa ko‘rsatkichlarining mumkin bo‘lgan 
chegaralari 
3.
Transport vositalariga qo‘yiladigan asosiy ekspluatatsion talablar 
 
Tayanch so‘z va iboralar:
transport vositasi,dinamiklik, yonilg‘i tejamkorlik, 
boshqariluvchanlik, turg‘unlik, o‘tag‘onlik, harakat ravonligi, sig‘dira olish, 
mustahkamlik, chidamlilik, txk va t ga moslik, ortish-tushirishga moslik, yuk 
avtomobillari, yo‘lovchi avtomobillari, maxsus avtomobillar, tyagach, avtopoezd 
1. Transport vositalari tasnifi 
 
Transport vositalari deyilganda yuk va yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan 
ishlab chiqarish jihozlari tushuniladi. 
Avtomobil transporti vositalari ikki guruhga bo‘linadi: 
A) o‘zi yurar, ya’ni uni harakatga keltiruvchi o‘z dvigateli bor avtomobillar va 
tyagachlar; 
B) o‘ziyurmas, ya’ni avtomobillar va tyagachlar ulanmasida ishlovchi - tirkama 
va yarim tirkamalar. 
Tv ularga belgilangan vazifalariga ko‘ra uch guruhga bo‘linadilar: yuk 
avtomobillari, yo‘lovchilar tashuvchi avtomobillar va maxsus avtomobillar.
Davlat standartiga binoan umum foydalanish yo‘llarida ishlatilishga 
mo‘ljallangan avtomobillara va b guruhga bo‘linadi. A guruhdagi avtomobil va 
avtomobilpoezdlari uchun bir o‘qdan yo‘lga tushuvchi eng ko‘p massa100 kn (10 tk) 
bo‘ladi. Bunda yonma-yon o‘qlar orasidagi masofa 2,5 m va undan ortiq bo‘ladi. 
Bunday avtomobillar yo‘l qoplamasi kapital va takomillashtirilgan 1-chi va 2-texnik 
kategoriyaga ega yo‘llardagina ishlatiladi. Bunday yo‘l qoplamalari sement yoki 
asfalt betondan iborat. Bguruhdagi avtomobil va avtopoezdlar uchun bir o‘qdan 
yo‘lga tushuvchi eng ko‘p massa og‘irligi 60kn (6tk) bunda ham yonma-yon o‘qlar 
orasidagi masofa 2,5 m va ortiq bo‘ladi. Bunday avtomobillar umum foydalanish 
barcha texnik kategoriyali yo‘llarda ham ishlashi mumkin. 
Ko‘pchilik evropa va amerika davlatlarida avtomobillarni a va b guruhlarga 
bo‘linishining aniq chegarasi bo‘lmay, bunday davlatlarda qonun yo‘li bilan 
magistral yo‘l qoplamasiga tushuvchi o‘q massa og‘irligi va transport vositalari 
umumiy massasi chegaralangandir. 


437
O‘q massasi orqali yo‘l qoplamalariga tushuvchi og‘irligiga ko‘ra uchinchi 
guruhli avtomobillarga umum foydalanish avtomobil yo‘llarida ishlatilishi mumkin 
bo‘lmagan og‘ir massali avtomobillar kiradi. Bunday avtomobillar yo‘l qoplamasidan 
qat’iy nazar, umum foydalanish avtomobil yo‘llarida ishlashi mumkin emas. Bunday 
avtomobillarda bir o‘q massasiga tushuvchi og‘irlik 100kn (10tk) dan ortiq bo‘ladi. 
Bunday avtomobillarni guruhlash tasnifiga ko‘ra ular “yo‘llardan tashqari yoki karer” 
avtomobillari nomi bilan yuritiladi. 
Barcha avtomobillar o‘z navbatida yuk yoki yo‘lovchilar tashuvchi transport 
avtomobillariga va transport avtomobillari bo‘lmagan maxsus vazifali avtomobillarga 
bo‘linadi. Maxsus avtomobillarga o‘t o‘chiruvchi, kommunal xizmat(suv sepuvchi, 
supuruvchi, axlat va boshqa chiqindilar tashuvchi va h.k) ko‘rsatuvchi, avtokranlar, 
sanitariya avtomobillari, tibbiy tez yordam avtomobillari, texnik yordam va ustiga 
ustaxona o‘rnatilgan, sport va shu kabilar kiradi. 

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin