O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

2.
 
Transport jarayoni asosiy elementlari 
Transportda yuktashishning asosiy ishlari quyidagi uch elementga bo‘linadi: 
1) transport vositalariga yuk ortish; 
2) yuklarni bir joydan ikkinchi joyga tashish; 
3) transport vositalaridan yuklarni tushirish. 
Yuklarni bir joydan ikkinchi joyga tashishda ularni ortish va tushirish 


434
elementlari tashish jarayonining ajralmas qismidir. 
Yuklarni transportda bir joydan ikkinchi joyga tashish ham ishlab chiqarish, 
ham muomala doirasiga taalluqlidir. 
Har qaysi tashish jarayonining elementi bir qancha kichik ishlardan iborat 
bo‘ladi. Masalan, yuk tashish jarayonining birinchi elementida quyidagi kichik ishlar 
bo‘lishi mumkin: transport vositalarini yuk ortish joyiga keltirish, yuk ortish, yuk 
ortilgan transport vositasini ortish joyidan olib ketish, hujjatlarni rasmiylashtirish
transport vositasi birligini(avtomobil poezdlarini) tuzish va boshqalar. Tashish 
jarayonining eng sermehnat elementlaridan biri-uchinchi elementiga uni yuk tushirish 
joyigakeltirib qo‘yish, yukni tushirish, hujjatlarni rasmiylashtirish va hokazolar 
kiradi. Tashish jarayoni elementiga yuklarni ekspeditsiya qilish ishi (ya’ni yukni 
qabul qilib olish, o‘rash-bog‘lash va tamg‘alash (markirovka) qilish, qisqa vaqt ichida 
saqlash, yo‘lda kuzatib borish va topshirish yoki bir transport turidan ikkinchisiga 
o‘tkazish, zaruratga qarab ayrim to‘lovlarni bajarish, hujjatlarni rasmiylashtirish) ham 
kiradi. 
Bir tonna yuk ishlab chiqarishdan iste’molgicha etib borguncha o‘rtacha 
hisobda uch, to‘rt, ba’zida esa olti martaga yaqin ortish-tushirish ishlarida bo‘ladi. 
Agar ortish va tushirish ishlari mexanizatsiya yordamisiz, ya’ni qo‘l kuchi bilan 
bajariladigan bo‘lsa, xarajatlar juda ko‘payib ketishi mumkin.
Tashishni amalga oshirishdatransport jarayoni elementlari har bir transport 
vositasi tomonidan bir necha marta qaytariladi va bu holat transport jarayonining sikl 
xarakterini bildiradi. Transport jarayoni sikli
qatnovni,
ya’ni bir yuk ortishdan 
navbatdagi yuk ortishgacha bo‘lgan transport jarayonining barcha elementlari 
yig‘indisini anglatadi. Shunday qilib, har bir siklda avtomobil bir martaortishda, bir 
marta tushirishda turadi,yukli qatnov vanavbatdagiyuklash joyigacha bo‘lganyuksiz 
qatnovlarni bosib o‘tadi. 
Sikl vaqti (qatnov vaqti) transportjarayonining yuqoridagi uch elementi uchun 
sarflangan vaqtlardan tashkil topadi. 

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin