439
A) yakka avtomobil; b-z – avtopoezdlar: b – bir tirkamali; v-s – ikki tirkamali; g
–
yarim tirkamali egar tyagach; d – bir nechta bir o‘qli tirkamalardan iborat
avtopoezd; e – bir nechta ikki o‘qli tirkamalardan iborat avtopoezd; j – yarim tirkama
va tirkamadan iborat egar tyagachli avtopoezd; z –og‘ir yuklarni tashuvchi yarim
tirkamali tyagachdan iborat avtopoezd.
Egarli tyagach va yarim tirkamali avtopoezdlar bizda
va chet davlatlardakeng
qo‘llaniladi va ulardan ancha samarali foydalaniladi.
Yuk
avtomobillarni
tasniflashning
asosiy
yo‘nalishlaridan
biri
ular
o‘lchamlariga ko‘ra gradatsiyalashdir.
Yuk avtomobillari uchun bunday o‘lchamlar qatoriga eng avvalo yuk ko‘tarish
qobiliyati yoki ular massa og‘irligini kiritish mumkin. Transport iste’molchilari va
xodimlari uchun avtomobillarning yuk ko‘tarish qobiliyati ko‘proqzarurdir. Bunday
ko‘rsatkich avtomobillarning tashuvchanlik qobiliyatiniko‘rsatadi. Hozirgi kunda
bizda va boshqa mustaqil davlatlarhamdo‘stligiga kirgan davlatlarda yuk ko‘tarish
qobiliyatiga ko‘ra, yuk avtomobillari besh guruhga bo‘linadi.
Ko‘tarish qobiliyati 0,5 t gacha bo‘lgan juda kam yuk ko‘taruvchi avtomobillar
(engil avtomobil shassida yaratilgan); ko‘tarish qobiliyati 0,5 t dan 2,0 t gacha kam
yuk ko‘taruvchi
avtomobillar, 2,0 t dan 5,0 t gacha o‘rta avtomobillar; ko‘tarish
qobiliyati 5,0 t va undan katta va nihoyat alohidakategoriyaga ega o‘q massasi
440
og‘irligi bir o‘qqa 100 kn (10 tk) va juft o‘qlarga esa 180 kn (18 tk) tushuvchi
avtomobillar kiradi.
Kam yuk ko‘tarish qobiliyatli (2,0 t gacha) avtomobillar kichik xo‘jalik
firmalari, yuk oboroti katta bo‘lmagan
savdo tashkilotlari, maktab ovqatxonalari va
shu kabi tashkilotlar hamda yakka qishloq xo‘jaliklari firmalari xizmatlari uchun
zarurdir.
O‘rtacha yuk ko‘tarish (2,0 t dan 5,0 t gacha) qobiliyatli avtomobillar tashish
hajmiko‘p bo‘lgan sanoat, qishloq xo‘jaligi ob’ktlari, qurilish va shu kabi tashkilotlar
xizmatiga zarurdir.
Yuk ko‘tarish qobiliyati (5,0 t dan ortiq) avtomobillar
quvvati katta va
muntazam yuk oqimlarni qattiq qoplamali magistral yo‘llardagi yuk oqimlarini
qanoatlantirishda xizmat qiladi. Keyingi yillarda bunday avtomobillardan shahar va
yirik aholi punktlarida ham yuklarni tashishda keng foydalanilayotir. Bunday
avtomobillar tog‘-ruda sanoati hamda yirik sanoat korxonalari
yuklarni tashishda
qo‘llanayotirlar.
Keng rivojlangan xorijiy davlatlarda yuk avtomobillari o‘lchamlari kriteriyasi
sifatida ularning umumiy massa og‘irligi qo‘llaniladi. Buning asosiy sababi har xil
maxsuslashtirilgan, kuzov massalari ham har xil bo‘lgan avtomobillardan keng
foydalanishdir.
Uzoq
manzillarga, ya’ni shahar (viloyat) lararo hamda davlatlararo yuk
oqimlarini tashishga bo‘lgan talablarni ta’minlashda ko‘p yuk ko‘tara oluvchi
avtopoezdlardan foydalaniladi. Bunday avtopoezdlar konstruksiyasi o‘z tortish-tezlik
xususiyatlariga ko‘ra ajralib turadilar.
Aksariyat avtomobillar o‘z kuzovlari konstruksiyasiga ko‘ra universal
platformali hamda standart bortli umum transport har xil
yuklar tashish ishlarini
bajaruvchi avtomobillardir. Bunday avtomobillar platformasi bortli yoki bortsiz qilib
ishlangan bo‘lishlari mumkin. Bortli platformali avtomobillar kuzovida og‘ir va yirik
gabaritli bo‘linmaydigan yuklar tashishga hisoblangan bo‘ladi. Ba’zi bir hollarda esa
hajmi katta engil yuklarni tashishda avtomobillar ko‘tarish qobiliyatidan to‘lik
foydalanish maqsadida standart talabidan chiqmagan holda ular kuzov bortlarini
o‘stirishga ruxsat beriladi. Ba’zi bir yuklarni tashishda ularni changdan va
yog‘ingarchilikdan saqlash maqsadida usti tent bilan yopilishi ham mumkin.
Ayrimfurgon kuzovli avtomobillar eshikli va qulflanuvchi bo‘lishi ham mumkin.
Bunday avtomobillar faqatgina yuklarni yog‘ingarchilik va changdangina yaxshi
saqlab qolmay, atmosfera harorati ta’siridan hamsifatli
qilib saqlab borishlari
mumkin. Uyib tashilishi mumkin bo‘lgan yuklarni tashish uchun ular kuzovlari
samosval qilib ishlangan bo‘lishi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: