3.Transport vositalariga qo‘yiladigan asosiy ekspluatatsion talablar
Avtomobillarni asosiy ekspluatatsion xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
dinamikligi, yonilg‘i iqtisodligi, boshqaruvchanligi, turg‘unligi, o‘tag‘onligi, harakat
ravonligi, sig‘dira olishligi, mustahkamligi, chidamliligi, texnik xizmat ko‘rsatish va
ta’mirlashga mosligi, ortish-tushirish ishlarini bajarishga mosligi.
Avtomobilning dinamikligi deyilganda ma’lum yo‘l sharoitlarida yuk va
yo‘lovchilarni iloji boricha maksimal o‘rtacha tezlik bilan harakatlana olishi
tushuniladi. Avtomobilning dinamikligi qanchalik yaxshi bo‘lsa, tashish uchun zarur
vaqt shunchalik kam bo‘ladi, binobarin avtomobilning unumdorligi yuqori bo‘ladi,
ya’ni ma’lum vaqt birligida aniq masofaga yuk yoki yo‘lovchilarni ko‘p miqdorda
tashiy oladi.
Avtomobilning dinamikligi uning tortish va tormozlash xususiyatlariga
bog‘liqdir.
Avtomobilning yonilg‘i iqtisodligi deyilganda, uning harakati uchun
yoqilayotgan yonilg‘i quvvatidan oqilona foydalanish tushuniladi.
Yonilg‘i iqtisodligi nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lgan ekspluatatsion
xususiyatdir, chunki yonilg‘i xarajati umumtashish tannarxiningeng katta qismini
tashkil etadi. Qanchalik yonilg‘i kam sarflansa, avtomobilning ekspluatatsiya xarajati
shunchalik arzon bo‘ladi.
Avtomobilning sig‘dira olish xususiyati deyilganda unga bir vaqtda tashishga
mo‘ljallangan yuklar miqdori yoki yo‘lovchilar soni tushuniladi. Yuk avtomobillari
sig‘dira olish xususiyati uning ko‘tara olish qobiliyati va kuzovining ichki hajm
o‘lchovlari bilan bog‘liq. Yo‘lovchilar tashuvchi avtomobillar sig‘dira olishi
deyilganda bir vaqtda harakatlanuvchi yo‘lovchilar soni tushuniladi.
Avtomobilning
yuk
ortish-tushirish
(yoki
yo‘lovchilarningchiqishi
va
tushishi)ga mosligi xususiyati deyilganda, bunday operatsiyalarni bajarishga kam
mehnat va vaqt sarfi tushuniladi.
Avtomobilning boshqariluvchanlik xususiyati -bu uning boshqariluvchi
g‘ildiraklari holatiga ko‘ra harakat yo‘nalishini o‘zgartira olishidiri. Avtomobilning
boshqariluvchanligi uning harakat xavfsizligi darajasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Avtomobilning turg‘unligi
-
buuning sig‘anish, sirpanib ketish va ag‘darilishga
qarshi tura olishidir. Avtomobilning turg‘unligisirg‘anchiq yo‘l sharoitlari va yuqori
tezlik bilan harakatlanishida katta ahasmiyatga ega.
Avtomobilning o‘tag‘onligi
–
buuning og‘ir yo‘l sharoitlari va yo‘ldan
tashqarida (qorli yoki qumli qo‘riqlarda, balchiq joylarda) harakatlana olishidir.
Avtomobilning harakatlanishravonligi– bu uning notekis yo‘llarda katta tezlik
bilan harakatlanishida kuzovining tebranmasligidir.
Avtomobilning mustahkamligi – uni tuzatish uchun zarur bo‘lgan vaqt talab
etuvchi sinishlar va buzilishlarsiz ishlash xususiyatidir.
443
Avtomobilning chidamliligi – bu uning tuzatish uchun ekspluatatsiyadan
to‘xtatishni talab etuvchi qismlarining jadal eskirishsiz ishlashxususiyatidir.
Avtomobilning
ekspluatatsion
xususiyatlarinazariy
jihatdan
tahlil
etishdannihoyaviy maqsad tv unumdorligini oshirish va tashish tannarxini
arzonlashtirish bo‘lib, ular birgalikda avtomobillarda yuk va yo‘lovchilar tashish
fanining asosi hisoblanadi.
Har xil tabiiy-iqlimiy sharoitlarni hisobga oluvchi maxsus konstruksiyali
avtomobillar, masalan, shimoliy (sovuq iqlim), janubiy (issiq iqlim), tropik iqlim va
boshqa sharoitlariga moslangan bo‘lishlari mumkin.
Yuk tashish bilan bog‘liq sig‘dira olish xususiyati avtomobilning hajmiy yuk
ko‘tarish qobiliyati, kuzov ost sathining 1m
2
yuzasiga to‘g‘ri keluvchi yuk ko‘tarish
qobiliyati, avtomobil massasidan foydalanish koeffitsienti va boshqa parametrlar
orqali aniqlanadi.
Kuzovning hajmiy yuk ko‘tarish qobiliyati kuzovning1 m
3
hajmiga qancha yuk
ko‘tarish qobiliyati to‘g‘ri kelishini bildiradi.
Kuzovning hajmiy yuk ko‘tarish qobiliyati quyidagi formulalar orqali
aniqlanadi:
- bortli avtomobillar uchun
;
/
/
h
в
а
q
V
q
q
н
к
н
v
t/m
3
[1]
- samosval avtomobillar uchun:
;
/
/
1
h
h
в
а
q
V
q
q
н
к
н
v
t/m
3
[2]
Samosval avtoobili kuzovida uyib tashiluvchi yukning
ko‘rinishi
H
–
kuzov
bortining
ichki
balandligi, m;
H׳ - bortningeng
yuqori
qismidan
kuzovdagi
yukning
joylashishi
mumkin
bo‘lgan
balandligigacha
bo‘lgan masofa, m;
H
sh
-
“shapka”
balandligi, m;
V
– kuzovning
ichki kengligi, m;
-
yukning
tabbiy qiyaligi, gradus.
444
1 m
2
kuzov maydoniga to‘g‘ri keluvchi yuk ko‘taruvchanlik
;
/
в
а
q
q
н
s
t/m
2
[3]
Avtomobil massasidan foydalanish koeffitsienti
н
o
q
q
G
h
/
[4]
Bu erda:
v
- kuzovning kengligi, m;
G
o
- avtomobilning o‘z og‘irligi, t;
Q
n
- avtomobilning nominal yuk ko‘tarish qobiliyati, t.
Nazorat savollari:
1. Transport vositalari qanday ekspluatatsion xususiyatlarga ega?
2. Bajaradigan vazifasiga ko‘ra transport vositalari qanday guruhlanadi?
3. A sinfli avtomobillar haqida tushuncha bering.
4. B sinfli avtomobillar haqida tushuncha bering.
5. Tyagach deganda nimani tushunasiz?
6. Avtopoezdlarga ta’rif bering.
7. Yuk ko‘tarish qobiliyatiga ko‘ra avtomobillar qanday guruhlarga bo‘linadi?
8. Gabarit o‘lchamlariga ko‘ra avtobuslar qanday guruhlarga bo‘linadi?
|