433
7-mavzu. Transport va uning jarayonlari haqida umumiy tushuncha
Reja:
1.
Transport jarayoni haqida umumiy tushuncha
2.
Transport jarayoni asosiy elementlari
3.
Avtomobil transportining tashish qobiliyati
Tayanch so‘z va iboralar:
transport jarayoni,qatnov,tashish qobiliyati,
o‘tkazuvchanlik qobiliyati, qatnov
1.
Transport jarayoni haqida umumiy tushuncha
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlana borishi va ijtimoiy mehnat taqsimoti
natijasida turli ishlab chiqarish tarmoqlari vujudga keladi. Bunday tarmoqlarga er osti
foydali
qazilma
boyliklarni
ishlab
chiqarish
sanoati,
qishloq
xo‘jaligi,
mahsulotlargaqayta ishlab berish sanoati vatransport kiradi.
Transport muomala doirasida tayyor mahsulotni tashish bilan moddiy
ne’matlar ishlab chiqarishning barcha tarmoqlaridagi ishlab chiqarish jarayonini
davom ettiradi va ishlab chiqarish doirasi bilan iste’mol doirasini bir-biriga
bog‘lovchi vosita bo‘ladi.
Transport tarmog‘ida ham ishlab chiqarish jarayoni kishi mehnati va ishlab
chiqarish vositalaridan unumli foydalanish orqali amalga oshiriladi, natijada
mahsulotning yangi qiymati vujudga keladi. Demak, transport ham moddiy ishlab
chiqarish sohasiga kiradi. Lekin transportning ishlab chiqarish faoliyati quyidagi
xususiyatlargako‘ra boshqa ishlab chiqarish tarmoqlaridan jiddiy farq qiladi.
Transport sohasidagi ishlab chiqarish jarayonida moddiy ne’matlar ishlab
chiqaruvchi boshqa tarmoqlar singari xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlardan
foydalanilmaydi. Ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida tayyorlangan va bir erdan
ikkinchi erga tashilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar transportning mehnat ashyosi
hisoblanadi. Bu mahsulotlar tashilganda iste’mol qiymati sifatida ko‘paymaydi,
faqatginaularning qiymatiga qiymat qo‘shiladi.
Shunday qilib, transport jarayoni – bu mahsulotlarni ishlab chiqarish joyidan
iste’mol joyigacha tashish, yo‘lovchilarni tashishda esa kishilarning ishlab chiqarish
faoliyati, madaniy va maishiy talablarnini qondirish bilan bog‘liq biror-bir punktlar
orasidagi qatnovini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: