O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə263/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

Kam miqdordagi yuklarni tashish 
Amaldagi tashishlardagi ba’zi bir myayan hollarda yuk qabul etuvchilar ularni 
kam miqdorda oladilar. Shuning uchun yuk jo‘natuvchilar ularga yuklarni mayda 
partiyalab keltirishga majbur bo‘ladilar. Natijadayuk tashuvchi avtomobillarning 
ko‘tarish qobiliyatidan to‘la foydalanilmaydi. Masalan, maktab bufetlariga, kichik 
do‘konlarga (non, sut, go‘sht va h.k.), maishiy xizmat (kir yuvish yoki 


504
kimyoviytozalash punktlari yuklari), qishloq joylardagi xalq iste’moli mollari 
yuklarini tashish shular jumlasiga kiradi. 
Agarbunday yuklarni tashishda qandaydir chora-tadbirlar qo‘llanilmasa, 
avtomobillar yuk ko‘tarish qobiliyatidan to‘la foydalanilmaganligi sababli ular 
umumdorligi keskin pasayib ketishi mumkin. 
Bunday yuklar tashishni eng maqsadga muvofiqligi, bu bir va bir necha 
jo‘natuvchilar yuklarini yig‘ib, ya’ni har erlarda tarqoq bo‘lgan jo‘natuvchilar 
yuklarini bir joyga yig‘ib, ularni yo‘nalishlar bo‘yicha va yuk qabul etuvchilar 
joylashuviga ko‘ra komplektlab tashish tizimidir. Bunday tizimli yuk tashish eng 
avvalo bor shahardan uning atrofiga jo‘natiluvchi yuklarni komplektlab tashishda 
qo‘llaniladi.
Shaharlararo tashishdagi mayda partiyaali yuklarni bir joyga yig‘ib 
komplektlab tashishni tashkil etishda yuk tashish avtomobili bekati (yo‘tab)ning 
ahamiyati katta. Bunday bekatlar omboriga yuklarni tegishli transport vositalari 
keltiradilar. Yuklarni yo‘nalishlariga qarab komplektlab, avtopoezdlarda yuk 
egalariga jo‘natiladi. Bunday, oldindan komplektlab yuklarni tashish tizimi, 
avtomobil va avtopoezdlar yuk ko‘tarish qobiliyatidan unumli foydalanish imkonini 
beradi. 
Ba’zi bir mayda partiyaali yuklarni tashish rejali bo‘lmay tasodifiy (epizodik) 
bo‘lishlari mumkin. Bunday tashishlarni tashkil etishda mijozlar omborlaridan yo‘tab 
ga keltirilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklarni transport vositalarida yig‘ib yuk qabul 
etuvchilarga tashiladi. Bunday tashishlarni tashkil etishda belgilangan vaqtda 
tashishga katta e’tibor berish lozim bo‘ladi. 
Shahar ichi (shahar atrofi) sharoitlarida mayda partiyali yuklarni yig‘ib yoki 
tarqatib tashish marshrutlari tuzish lozim (rasm). Yig‘ib tashish marshrutida 
avtomobil marshrutda yo‘l-yo‘lakay mayda partiyali yuklarni ketma-ket yig‘ib borib, 
uni so‘nggi manzilga yuk egasiga topshiradi (masalan, kiyimlarni qabul punktidan 
kimyoviy tozalash fabrikasiga tashishda). Tarqatib tashishda esa avtomobil bosh yuk 
jo‘natish joyidan to‘la ortilib (masalan, non zavodi), uni qabul etuvchilarga 
(do‘konlarga) ketma-ket etkazib beriladi. 

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin