O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202


-mavzu. Yukavtomobillariharkatini tashkil etish



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə266/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

16-mavzu. Yukavtomobillariharkatini tashkil etish 
Reja: 
1.
Harakatni tashkil etish tamoyillari 
2.
Liniyadagi ishlarni tashkil etishga asosiy talablar 
3.
Liniya ishi chizmalari
 
4.
Haydovchilarning ish rejimlari
 
 
Tayanch so‘z va iboralar:
mayatnik marshrut, halqasimon marshrut, radial 
marshrut, sirtmoqsimon marshrut 
1.Harakatni tashkil etish tamoyillari 
Harakatni tashkil etishdan asosiy maqsad ma’lum davr (vaqt) ichida 
belgilangan tashish ishlarini bajarishdan iborat. Rejada belgilangan vaqt turlicha 
bo‘lishi mumkin. Masalan bir sutka yoki smena vaqti. Harakatni tashkil etishda 
quyidagilar ta’minlanishi lozim: sutka ichi soatlarida, yuk oqimi yo‘nalishi va harakat 
zichligiga ko‘ra transport vositalaridan maksimal foydalanish; har xil sharoitlarda 
yo‘l harakati qoidalariga rioya qilingan holda harakat tezligini oshirish hisobiga 
transport jarayonini tezlatish; tannarxni kamaytirgan holda tashishni o‘z vaqtida 
kechiktirmasdan tashish; mexnat unumdorligini oshirish. 
Shahar ichidagi yuk jo‘natuvchilar va qabul etuvchilar joylashuvi va o‘zaro 
bog‘lanishlari, yuklarni qisqa vaqt ichida etkazib berish, ularni kamaytirmay va arzon 
tashish imkoniyatiga ega marshrutlar tuzib, tashishni tashkil etishni talab etadi. 
Transport shahobchalarini tashkil etish shahar planirovkasi, undagi ko‘chalar 
yoki ular ayrim bo‘laklaridagi turli transport harakatlari zichligi (intensivligi), sutka 
ichida transportning har xil turi harakat vaqtlari va shunga o‘xshashlar bilan 
bog‘liqdir. Kun (sutka) davomidagi harakat yo‘nalishlarini o‘zgarib turishini nazarda 
tutib, transport vositalarini tanlashda etkazib berish vaqti, ular ish unumdorligi va 
tashish tannarxini hisobga olish lozim. 
Tashishni marshrutlash va maxsuslashtirish aniq yo‘nalishlarda harakatni 
tashkil etishga ta’sir ko‘rsatadi. 
Harakatni tashkil etishda transport vositalari unumdorligiga ta’sir etuvchi 
ayrim marshrutdagi ish elementlarini hisobga olish zarur. 

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin