509
haydovchilar va transport vositalariga
topshiriq belgilanib, ish jarayonida paydo
bo‘luvchi kamchiliklarni yo‘qotilishi lozim.
Marshrutdagi ishni tashkil etishda, avvalo, mijozlar talabini bajarish bilan birga
ildam rejada belgilangan smena (sutka) ichi tashish topshirig‘ini bajarishga e’tiborni
qaratishlozim. Bunda ishning har bir bo‘g‘inida, ya’ni
ortish-tushirishda va
tashishning o‘zida tashish va o‘tkazuvchanlik imkoniyatlaridan maksimal foydalanish
lozim.
Transport vositasi oldindan belgilangan marshrutda, harakat xavfsizligiga rioya
qiluvchi yuqori darajali tezlik bilan ishlashi lozim.
Marshrutdagi ishni tashkil etishda ko‘p smenali va uzluksiz transport
jarayonini tashkil qilishga alohida e’tibor berish kerak.
Bunday ishlarni tashkil
etishda o‘zaro bog‘liq tashishning uch elementini ajrata bilish kerak: marshrut,
transport vositasi va haydovchilar ishi rejimlari.
3. Yo‘llardagi harakati zichligi
Harakat zichligi (intensivligi) deyilganda vaqt birligida (soat, sutka) yo‘lning
har-bir kilometrga to‘g‘ri keluvchi transoprt vositalari soni tushuniladi. Amalda bu
ko‘rsatkichyil davomidagi o‘rtacha sutkalik ko‘rsatkichi bilan harakaterlidir.
Harakat zichligi o‘zgaruvchan miqdor bo‘lib,
u yuk oqimi, tarkibi va
konfiguratsiyasining yil fasli va sutka ichi o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir.
Yo‘llardagi harakatning
oqilona tizimini tuzish uchun, yo‘lning ayrim
uchastkalaridagi va butun yo‘l davomidagi zichligini hisobga olish zarur.
Dostları ilə paylaş: