16-mavzu. Yukavtomobillariharkatini tashkil etish Reja: 1.
Harakatni tashkil etish tamoyillari
2.
Liniyadagi ishlarni tashkil etishga asosiy talablar
3.
Liniya ishi chizmalari
4.
Haydovchilarning ish rejimlari
Tayanch so‘z va iboralar: mayatnik marshrut, halqasimon marshrut, radial
marshrut, sirtmoqsimon marshrut
1.Harakatni tashkil etish tamoyillari Harakatni tashkil etishdan asosiy maqsad ma’lum davr (vaqt) ichida
belgilangan tashish ishlarini bajarishdan iborat. Rejada belgilangan vaqt turlicha
bo‘lishi mumkin. Masalan bir sutka yoki smena vaqti. Harakatni tashkil etishda
quyidagilar ta’minlanishi lozim: sutka ichi soatlarida, yuk oqimi yo‘nalishi va harakat
zichligiga ko‘ra transport vositalaridan maksimal foydalanish; har xil sharoitlarda
yo‘l harakati qoidalariga rioya qilingan holda harakat tezligini oshirish hisobiga
transport jarayonini tezlatish; tannarxni kamaytirgan holda tashishni o‘z vaqtida
kechiktirmasdan tashish; mexnat unumdorligini oshirish.
Shahar ichidagi yuk jo‘natuvchilar va qabul etuvchilar joylashuvi va o‘zaro
bog‘lanishlari, yuklarni qisqa vaqt ichida etkazib berish, ularni kamaytirmay va arzon
tashish imkoniyatiga ega marshrutlar tuzib, tashishni tashkil etishni talab etadi.
Transport shahobchalarini tashkil etish shahar planirovkasi, undagi ko‘chalar
yoki ular ayrim bo‘laklaridagi turli transport harakatlari zichligi (intensivligi), sutka
ichida transportning har xil turi harakat vaqtlari va shunga o‘xshashlar bilan
bog‘liqdir. Kun (sutka) davomidagi harakat yo‘nalishlarini o‘zgarib turishini nazarda
tutib, transport vositalarini tanlashda etkazib berish vaqti, ular ish unumdorligi va
tashish tannarxini hisobga olish lozim.
Tashishni marshrutlash va maxsuslashtirish aniq yo‘nalishlarda harakatni
tashkil etishga ta’sir ko‘rsatadi.
Harakatni tashkil etishda transport vositalari unumdorligiga ta’sir etuvchi
ayrim marshrutdagi ish elementlarini hisobga olish zarur.