Konteynerlarda
t
ashishning eng ko‘p tarqalgan sxemalari:
- konteynerni tv dan tushirmasdan yoki yukli konteynerni tushirib qoldirib yoki
bo‘shatilganlarini boshqa bekatlarga qaytarish;
- ikkala yo‘nalishda ham yuklangan konteynerlarni tashish;
- konteynerlarni avtomobildan tushirmay bajariluvchi tashish ishlari. Ular yuk
oqimlari kichik va ularni qabul etuvchilarda ortish-tushirish mexanizmlari yo‘q
joylarda ishlatiladi.
4. Konteynerlar maydoni va almashtirish punktlari
Bunday maydonlar yoki terminallarda konteynerlar bir transport turidan
ikkinchisiga o‘tkaziladi, maslalan temir yo‘l transportidan avtomobilga yoki uning
aksi. Bunday terminallar (maydonlar) konteynerli yuklar juda ko‘p keladigan va
jo‘natiladigan punktlar (yirik temir yo‘l bekatlari, daryo va dengiz portlari) yoqasida
qurilib, tashishlar tashkil etiladi. Konteyner terminallarida yuklangan va bo‘shatilgan
konteynerlar qabul etiladi va jo‘natiladi, ular yo‘nalishlargan qarab saralanadi,
xujjatlar rasmiylashtirilib, ortish-tushirish ishlari bajariladi.
Konteynerlarli tashishlarni tashkil etishda ochiq va past qilib ishlangan,
qoplamasi asfalt-beton
bo‘lgan
maydonlar
quriladi, konteynerlar
bunday
maydonlarda qator qilib joylashtiriladi, qatorlar orasida tarozbonlarning me’yorda
ishlash imkoni bo‘lishi uchun kamida 0,6 m masofa qoldiriladi.
Harakatlanishga qulaylik yaratish uchun bunday maydonlar avtomobillarning
bemalol kiruv joylari yoki u yoqdan bu yoqqa o‘tib boruvchi yo‘l bilan ta’minlangan
bo‘lishi zarur. Har 25-45 m oralatib avtomoillar qatnovi va yong‘inga qarshi eni 4
metrli ko‘ndalang yo‘laklar bo‘lishi lozim. Konteyner maydonlarini qabul etuvchi,
jo‘natuvchi vazifasiga ko‘ra maxsuslashtirilgan bo‘laklarga ajratish maqsadga
muvofiqdir.
Temir yo‘l bekatlaridagi konteyner maydonlariida ortish-tushirish ishlari
ko‘picha to‘rt tayanchi kranlarda bajariladi, yuk oboroti juda katta terminallarda
ko‘priksimon kranlar o‘rnatiladi.
507
Avtomobil transportida yuklarni taglikda paketlab tashish barcha bortli
avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalarda bajariladi. Taglikda paketlab tashishda
furgon kuzovining tagi (poli) maxsus suriluvchi qilib ishlangan bo‘lsa,
avtoyuklagichlar furgon ichiga kiritilmay ortish-tushirish ishlarini bajarish mumkin
bo‘ladi.
Konteyner
va
paktelab
tashishda
maxsuslashtirilgan
avtomobil
va
avtopoezdlardan foydalanish eng yaxshi samara beradi. Massasi 10,20,30 tonnali
konteyner tashishga moslangan avtopoezdlar tyagach va universal (bortli ) yarim
tirkamadan iborat bo‘ladi. 10,20,30 tonnali konteynerlarning ost gabarit o‘lchamlari
eni bo‘yicha bir xil – 2438 mm va uzunligi bo‘yicha o‘z navbatida 2991, 6058 va
12192 mm qilib ishlangan. 1 ta yarim tirkamaga 30 t li 1 konteyner, 20 t li 2
konteyner, 20 t li 1 ta va 10 t li 2 ta yoki faqat 10 t li 4 konteyner joylashadi.
Savolar:
4.
Transport yuklari qanday turlarga ajratiladi?
5.
Xavfliligi bo‘yicha yuklar necha guruhga ajratiladi?
6.
Yuk tamg‘alari nima maqsadda qo‘yiladi?
7.
Yuk transporti ishini qaysi ko‘rsatkichlar xarakterlaydi.
8.
Yuk oqimi nimani ifodalaydi?
9.
Yalpi yuk tashish deganda nima tushuniladi?
|