504
kimyoviytozalash punktlari yuklari), qishloq joylardagi xalq iste’moli
mollari
yuklarini tashish shular jumlasiga kiradi.
Agarbunday yuklarni tashishda qandaydir chora-tadbirlar qo‘llanilmasa,
avtomobillar yuk ko‘tarish qobiliyatidan to‘la foydalanilmaganligi sababli ular
umumdorligi keskin pasayib ketishi mumkin.
Bunday yuklar tashishni eng maqsadga muvofiqligi,
bu bir va bir necha
jo‘natuvchilar yuklarini yig‘ib, ya’ni har erlarda tarqoq bo‘lgan jo‘natuvchilar
yuklarini bir joyga yig‘ib, ularni yo‘nalishlar bo‘yicha va yuk qabul etuvchilar
joylashuviga ko‘ra komplektlab tashish tizimidir. Bunday tizimli yuk tashish eng
avvalo bor shahardan uning atrofiga jo‘natiluvchi yuklarni
komplektlab tashishda
qo‘llaniladi.
Shaharlararo tashishdagi mayda partiyaali yuklarni bir joyga yig‘ib
komplektlab tashishni tashkil etishda yuk tashish avtomobili bekati (yo‘tab)ning
ahamiyati katta. Bunday bekatlar omboriga yuklarni tegishli transport vositalari
keltiradilar. Yuklarni yo‘nalishlariga qarab komplektlab,
avtopoezdlarda yuk
egalariga jo‘natiladi. Bunday, oldindan komplektlab yuklarni tashish tizimi,
avtomobil va avtopoezdlar yuk ko‘tarish qobiliyatidan unumli foydalanish imkonini
beradi.
Ba’zi bir mayda partiyaali yuklarni tashish rejali bo‘lmay tasodifiy (epizodik)
bo‘lishlari mumkin. Bunday tashishlarni tashkil etishda mijozlar omborlaridan yo‘tab
ga keltirilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklarni transport vositalarida yig‘ib
yuk qabul
etuvchilarga tashiladi. Bunday tashishlarni tashkil etishda belgilangan vaqtda
tashishga katta e’tibor berish lozim bo‘ladi.
Shahar ichi (shahar atrofi) sharoitlarida mayda partiyali yuklarni yig‘ib yoki
tarqatib tashish marshrutlari tuzish lozim (rasm). Yig‘ib tashish marshrutida
avtomobil marshrutda yo‘l-yo‘lakay mayda partiyali yuklarni ketma-ket yig‘ib borib,
uni so‘nggi manzilga yuk egasiga topshiradi (masalan,
kiyimlarni qabul punktidan
kimyoviy tozalash fabrikasiga tashishda). Tarqatib tashishda esa avtomobil bosh yuk
jo‘natish joyidan to‘la ortilib (masalan, non zavodi), uni qabul etuvchilarga
(do‘konlarga) ketma-ket etkazib beriladi.
Dostları ilə paylaş: