O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə274/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

Tashkiliy texnik sharoitlar. 
Ish rejimi avtomobilning ishda bo‘lish vakti(necha 
sutka ma’lum davr ichida yoki necha soat sutka ichida) sutka davomida bosib o‘tilgan 
o‘rtacha masofa(km); yil davomida ish kunlari; yillik bosib o‘tgan o‘rtacha 
masofa(km); yil davomida oylar buyicha, xafta kunlari ichida, sutka soatlar 
bo‘yichatashishning bir tekislikdagi, xaydovchilar ishining tashkil etilishi. 
Tashishning tashkili va marshrutlari turi:
marshrutlar mayatnik turida va 
aylana sifatli bulishlari mukin. Uzoq masofalarga tashishlar «Tashish elkakchalari» 
yoki tugridan-tugri avtopoezdlar katnaydigan tizimlarda tashkil etilishi mumkin. 
Yuqorida bayon etilgan ekspluatatsion sharoitlar ichida avtomobilsozlar 
tomonidan xisobga olinishi kiyinlaridan biri tabiiy-iqlim sharoitlaridir. Ko‘p xollarda 
sovuq iqlimli joylarda ishlovchi avtomobillar konstruksiyasi S-indeksi bilan ishlab 
chiqarilgan bo‘lib, o‘ta issiq joylarga moslangan avtomobillar konstruksiyasini 
yaratish ancha orqada qolgan. Bunlan tashkari baland togli joylarda ishlovchi 
avtomobillarni seriya bilan ishlab chiqarish xam yaxshi yo‘lga kuyilmagan. Markaziy 
Osiyo Davlatlari xududlari asosan o‘ta issiqiqlimlidirlar. Bunday joylar chegarasida 
issiq oylaridagi o‘rtacha xarorat +26
o
s dan iborat buladi. O‘taissiq iqlimli joylar uch 


516
turli buladi: chulli joylar, baland togli joylar va subtropik joylar bulib, ularning xar 
birining uziga xos tomonlari bor. 
O‘ta issiq iqlimli joylarning chul zonalariga Markaziy Osiyoning markaziy va 
garbiy kisimlari kiradi. Bu joylardagi xavoning maksimal xarorati 45-58
o
sga etadi. 
Yer usti qatlamining harorati 70-80°S gacha qiziydi. Yoz oylari o‘ta issiq va quruq. 
Namlikning ozligi natijasidan chang juda ko‘p miqdorda, ayniqsa yos gruntli joylarda 
hosil bo‘ladi. Asosan bu joylarning ko‘pchilik qismida qishning qorli kunlarini 
hoyatda oz bo‘ladi. 
O‘ta issiq iqlimli baland tog‘li joylarga markaziy osiyoning sharqiy hududlari 
kiradi. Tog‘li joylardan o‘tishdagi yo‘l dovon (pereval)larning balandligi 2000 
metrdan oshiq bo‘lib, dengiz sathidan 4700 metrgacha balandlikgacha yetadi. Bunday 
yerlarda havoning atmosfera bosimi kichikligi sababli dvigatellar quvvati juda ko‘p 
miqdorda (30-40 foiz) kamayadi va buning natijasida avtomobillarning tortish-tezlik 
xususiyati anchaga kamayib, ulardan foydalanishni ancha qiyinlashtiradi, chunki
balandtog‘li joylardagi yo‘llar ko‘pincha hollarda nihoyatda uzun(10-15km) 
ko‘tarilish va tushishlari bilan xarakterlidirlar. 
Havo harorati 30°S dan oshgandan so‘ng dvigatellar quvvati anchagacha 
kamayadi. Masalan, biz o‘tkazgan ilmiy–tadqiqotlarimiz natijasida kaz-608V 
tyagachli paxta xomashyosi tashuvchi avtopoezdi havo temperaturasi +35-36°S 
yetganda, uning dvigatelining quvvati 30 foizga qadar kamaydi. Prof. D. P. 
Velikanov ko‘rsatgichlariga ko‘ra, o‘ta issiq iqlimli sharoitda ishlovchi 
avtomobillarning sovutish tizimi kuchaytirilgan va yopiq turda bo‘lishi lozim.
Sovutish tizimining yopiq turda bo‘lishi sovituvchi suyuqlikni parlanishi 
natijasida yo‘qolishini oldini oladi. Moylash tizimida esa, moylarni sovituvchi 
mahsus radiatori o‘rnatish lozim. Cho‘l zonalarida ishlashga hisoblangan 
avtomobillar dvigatellari va barcha moylash uzellari changdan saqlanish konstruktiv 
elementga ega bo‘lishlari lozim. Dvigatelning karbyuratori (yonilg‘apparati)ga 
so‘riluvchi havo kapot (kabina) tashqarisidan qilib ishlangan bo‘lishi va so‘riluvchi 
havoni changdan tozalanib o‘tish uzellari bo‘lishi nazarda tutilishi lozim. Shina, 
barcha rezina-texnik buyumlar va polimer materialdan ishlangan qismlar, yengil, 
moy, tormoz suyuqligi va boshqa materiallar o‘ta issiq havoga chidamli bo‘lishligi 
lozim. 
Akumulyator batareyasi va benzin nasosini avtomobilning eng kam isiydigan 
yeriga joylashtirish lozim. Kabina va salonning tom qismini quyosh nuridan issiqlik 
o‘tkazmaydigan qilish lozim. 
Haydovchilar kabinasi chang o‘tkazmaydigan qilib jihozlanish, ventilyator yoki 
kondensionerlari bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Avtomobilning quyosh nuri 
tushadigan yuzalarini qattiq isib ketmasligi uchun oq tonli va quyosh radiatsiyasiga 
bardosh beruvchi bo‘yoq bilan ishlanishi zarur, o‘tirg‘ichlarni esa g‘iloflash kerak. 

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin