511
17-Mavzu:Avtomobil transporti vositalarining ekspluatatsion
xususiyatlari
Ma’ruza rejasi:
1.
Avtomobillardan foydalanish samaradorligi.
2.
Transport vositalarining ekspluatatsion xususiyatlari.
3.
Avtomobillarni ekspluatatsiya qilish sharoitlari.
4.
Avtomobil saroylarining tarkibi.
1. Avtomobillardanfoydalanishsamaradorliga
Xalq xo‘jaligining ishlab chiqarish barcha tarmoqlarida sarflanuvchi kapital
(katta) harajatlar iqtisodiy samaradorligini aniqlashning namunali yo‘riqnomasiga
ko‘ra har qanday yangi texnika texnologiyan ijoriy etish variantlarini keltirilgan
harajatlarining eng kam (minimal) bo‘lishliga ko‘ra taqqoslanib aniqlanishi lozim.
Keltirilgan harajatlar joriy (biryilik) harajatlar va kapital harajatlarni samaradorlik
me’yoriy koeffitsienti orqali bir yilga keltirilgan miqdorlari yig‘indisidir.
Ayni namunali yo‘riq nomani hisobga olgan xolda prof. D.P. Velikanov
avtomobil (avtobus) ishlari samaradorligini baholovchi asosiy ko‘rsatgich sifatida
tashish bilan bog‘liq bo‘lgan keltirilgan harajatlar (transport ishi birligiga to‘g‘ri
keluvchi joriy ekspluatatsiya harajati va kapital harajatlarini samaradorlik
koeffitsienti orqali bir yilga keltirilgan miqdori yig‘indisi) hamda tashish bilan
bog‘liq bo‘lgan avtomobillarni ishlatish sermehnatligi, issiqlik quvvati va materiallar
sarfi tejamligidan foydalanishlikni taklif etdi.
Tashishga sarflagan keltirilgan harajatlar miqdorini quyidagi formula orqali
aniqlash mumkin:
Keltirilgan xarajatlarga ko‘p jihatdan avtobuslar sig‘imi, yuk ko‘tarish qobiliyati
ta’sir etadi. Shunga ko‘ra transport vositasi samaradorligini oshirish maqsadida
ilojiboricha katta sig‘imli avtobuslar, yuk ko‘tarish qobiliyati yuqori bo‘lgan
avtomobil va avtopoezdlardan foydalanilishi zarur ekan.
Transport vositasini tashish bilan bog‘liq bo‘lgan sermehnatligini baholashlikda
transport ishining 100 birligiga (tkm, pass.km. Vah.k) to‘g‘ri keluvchi mehnat sarfi
miqdori bilan baholaniladi. Bunday ko‘rsatgich avtobuslar yoki yuk avtomobil
(avtopoezd)lari uchun quyidagi formula bilan anaqlaniladi.
Dostları ilə paylaş: