Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm
5. Xaydovchilar ish rejimlari Shofyor ish vaqti uning avtomobilni boshqarish, ishga chiqishga tayyorgarlik
ko‘rish va ish nixoyasidagi operatsiyalarga sarf qilingan (avtomobilni qabul etish va
topshirish, yonilg‘i quyish, xujjatlarni rasmiylashtirish va boshqa), sog‘likni tibbiy
tekshirish vaqtlari yig‘indisidan iborat. Keyingi keltirilgan vaqt sarflari
avtomobillarni marshrutda bo‘lish vaqtni qisqartirishi sababli, ayni ishlarni bajarishga
sarflanuvchi vaqtlarni iloji boricha qisqartirish yoki minimumga keltirish zarur.
Xaydovchilarni marshrutdaishlashi smena davomida bir kishidan iborat yoki
qatnovda xaydovchilar almashuvi usulida bo‘lishi mumkin. Birgina shofyor
ishlaganda marshrutdagi barcha ish vaqtida uning o‘zigina bo‘ladi. Xaydovchilar
almashuvi usulida ular belgilangan chizma bo‘yicha kun davomida almashishib
ishlaydilar. Xaydovchilar almashuvi marshrut ichida bo‘lishi yoki avtomobil saroyiga
qaytib kelib almashishda bo‘lishi mumkin. Keyingisi nolinchi qatnov masofasini
oshirish bilan bog‘liq.
Transport ishi hafta davomida uzluksiz bo‘lishini hisobga olinganda 5 kunlik
ish rejimiga binoan har 5 avtomobilga 7 shofyor, agar avtomobil ikki smena
ishlaydigan bo‘lsa 14 nafar shofyor zarur bo‘ladi. Bunda ishlovchi xaydovchilar
almashib ishlashlari sababli avtomobillar holatiga qarovga javobgarlik xissi pasayadi.
Lekin, aytilganga qaramay ishni uzluksiz almashuvchi haydovchilar bilan tashkil
etish ilg‘or (progressiv) bo‘lib, avtomobillarda uzluksiz (haftaning 7 kunida)
foydalanish imkonini beradi. Aytilgan (xaydovchilar almashuvi usuli)usul bo‘yicha
temir yo‘l transporti, suv va havo transportlari ishlaydilar.
Nazorat savollari:
1. Harakat jadalligi deganda nimani tushunasiz?
2. Yuk avtomobillari harakati qanday marshrutlarda amalga oshiriladi?
3. Mayatnik marshrutlar qanday turlarga bo‘linadi?
4. Qanday sharoitlarda halqasimon marshrut tuziladi?