O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202


masofadan foydalanish koeffitsienti



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə281/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

masofadan foydalanish koeffitsienti 
deb aytiladi. Bir qatnov uchun: bir ish 
kuni uchun: 
Avtomobil transportining bosib o‘tgan masofadan foydalanish darajasining 
oshishi bilan ish unumdorligi ham oshadi va natijada yuklarni tashish tannarxi 
kamayadi. 
Avtomobil transporti ish vaqti vao‘rtacha harakatlanish tezligi
Avtomobil transporti ish vaqti, transport ishini bajarganda sarflangan va har xil 
sabablarga ko‘ra to‘xtab turish vaqtlaridan iborat bo‘ladi. 
Transport ishini bajarishga sarflanadigan vaqt harakatlanish va yuklarni ortish 
Tushirish ishlariga sarf bo‘ladigan vaqtlardan tashkil topadi. Avtomobil 
transporti ish vaqti, ishdan qaytish vaqtidan korxonadan chiqish vaqti va tushlik vaqti 
ayirmasiga teng, ya’ni: 
ti = tq – tch – ttushlik , soat 
Bunda: ti – ish vaqti, soat; 
tq– ishdan qaytish vaqti, soat;
Tch – korxonadan chiqish vaqti, soat; 
Ttushlik – tushlik vaqti, soat. Avtomobil transportining rejalashtirilgan ish vaqti 
yo‘nalishdagi va nol masofalarini yurishga sarflanadigan vaqtlaridan iborat bo‘ladi. 
Ti = ty + tn , soat 
bunda: ty – yo‘nalishdagi ish vaqti, soat; 
tn – nol masofalarini yurishda sarflangan vaqt, soat yo‘nalishdagi ish vaqti 
harakatdagi va ortish-tushirish ishlaridagi hamda boshqa har xil sabablarga ko‘ra 
to‘xtab qolish vaqtlaridan iborat bo‘ladi. 
Ty= tx + tot +tqt , 
bunda:
Tx – harakatdagi ish vaqti, soat; 
tot – ortish-tushirish vaqti, soat; 
tqt – to‘xtab qolish vaqti, soat.
Ish vaqti haydovchining ish kuni uzunligiga va avtokorxonaning ish rejimiga 
bog‘liq bo‘ladi.
Yuk ortish-tushirish vaqti o‘z ichiga yuklarni ortishtushirish, kutish, avtomobil 
transportini manyovr qilish, ortish-tushirish ishlarini bajarish va hujjatlarni 
rasmiylashtirish vaqtlarini o‘z ichiga oladi. 
Bir qatnovda ortish-tushirish vaqti quyidagicha ifodalanadi: 
to.t = tq + tm + to.t + txr 


524
bunda: tq – qatnovda ortish-tushirishni kutish vaqti, soat; 
tm– manyovr qilish vaqti; soat; 
to.t – ortish-tushirish vaqti; soat; 
txr– hujjatlarni rasmiylashtirish vaqti, soat. 
Avtomobil transportining ish unumi, uning harakatlanish tezligiga bog‘liqdir. 
Avtomobil transporti ishini rejalashtirishda va tahlil qilishda o‘rtacha tezlik 
ekspluatatsion harakatlanish tezliklaridan foydalaniladi. O‘rtacha texnik tezlik υt 
avtomobil transportining umumiy yurish masofasini lu shu masofani yurish uchun 
ketgan vaqtiga nisbati (tx ) bilan aniqlanadi. Km/soat bunda: 
Lyu – umumiy yurish masofasi, km. 
O‘rtacha texnik tezlik avtomobil transportining texnik holati, yo‘l va ob-havo 
sharoitlari, haydovchi malakasi, harakat intensivligi, dinamik xususiyatlar va 
hokazolarga bog‘liq bo‘ladi. O‘rtacha ekspluatatsion tezlik υe umumiy bosib o‘tgan 
masofaning (lu ) ish vaqtiga nisbati (ti ) bilan aniqlanadi. Km/soat o‘rtacha 
ekspluatatsion tezlik texnik tezlikka, yuk ortish-tushirish vaqtiga, yuk tashish 
masofasiga, yo‘nalishda har xil sabablarga ko‘ra to‘xtab turgan vaqtlarga bog‘liq 
bo‘ladi.
1.
Masofadan foydalanish koeffitsienti qanday aniqlanadi? 
2.
Harakatlanuvchi tarkib ish vaqti qanday aniqlanadi? 
3.
Ish vaqti nimaga bog‘liq bo‘ladi? 
4.
O‘rtacha texnik tezlik qanday aniqlanadi? 
5.
O‘rtacha texnik tezlik nimaga bog‘liq bo‘ladi? 
6.
O‘rtacha ekspulatatsion tezlik qanday aniqlanadi? 
7.
Qatnov vaqti qaysi vaqtlardan iborat?

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin