O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə284/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

tabel raqami
» qatorida haydovchining avtokorxonadagi raqami yoziladi. 
«tirkamalar
» qatoriga avtomobil bilan yo‘lga chiqariladigan tirkama va yarim 
tirkamalarning rusumi, davlat va garaj raqamlari yoziladi. Bu qatorlarga joylarda 
almashtirilgan tirkama va yarim tirkamalarning raqamlari yoziladi. 
«kuzatib 
boruvchi shaxs
» nomli qatorda topshiriqni bajarish uchun avtomobilni kuzatib 
boruvchi shaxslar (yukchi, ekspeditor, stajyor va boshqalar)ning sharifi, otasi 
ismining bosh harflari yoziladi. 
«haydovchi va avtomobilning ishi
» qatorida 2 va 3- 
ustunlarga jadval bo‘yicha yo‘lga chiqadigan va qaytadigan avtomobilning chiqish 
sanasi (oy, kun) va qaytish vaqti (soat va daqiqa) yoziladi. 
«haydovchiga topshiriq
» 
qatorida «kimning ixtiyoriga» nomli 16-ustunga buyurtmachining talabi asosida 
avtomobil topshiriqlarni bajarish uchun kimning ixtiyoriga borsa, o‘sha 
buyurtmachining nomi yoziladi. 
«kelish vaqti
» nomli 17-ustunga sharnoma shartlari 
bo‘yicha avtomobil buyurtmachining talabi yoki ish jadvaliga ko‘ra buyurtmachiga 
kelish vaqti (soat, daqiqa) yoziladi. 
«yuk qayerdan olinadi
» nomli 18-ustunda va 
«yuk qayerga olib boriladi» nomli 19-ustunda buyurtmachilarning talabi yoki 
shartnoma shartlariga muvofiq yuk ortish va yuk tushirish joylarining manzili 
yoziladi. 
«yukning nomi
» nomli 20-ustunga buyurtmachining talabnomasiga asosan 
yukni boshqa avtomobilga ko‘chirib ortiladigan va avtomobilni tashishga tayyorlash 
(brezent, arqon, mustahkamlaydigan moslamalar va hokazo) va haydovchiga axborot 
beradigan narsalarning nomlari yoziladi. 
«yuk bilan qatnov soni
» nomli 21-ustunga 
talabnoma yoki bir martalik buyurtma asosida topshiriqni bajarish uchun zarur 
bo‘lgan yukli qatnovlar soni yoziladi. 
«masofa» 
nomli 22-ustunga masofalar jadvali, 
joylar yoki xarita bo‘yicha masofalarni o‘lchash dalolatnomalari asosida yuk tashish 
joylari orasidagi masofa yoziladi. Rekvizitlar haydovchiga axborot berish, yo‘lda 
nazorat qilish va talab etiladigan yonilg‘i miqdori va boshqa hisoblarni belgilashga 
xizmat qiladi. 

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin