O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


Javoblar va ularni tekshirish jadvali



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə167/244
tarix07.01.2024
ölçüsü5,62 Mb.
#207386
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   244
O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.

Javoblar va ularni tekshirish jadvali

S

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

J





































V/







































3. Quyidagi testlarni ishlang:

  1. Suvdan unumli foydalanish ko’rsatkichi

A) 1 ga ekin turini suvga bo’lgan talabi bilan
V) 1 m3 hisobidagi suv hisobiga olingan foyda bilan
S) suv bahosi miqdori bilan
D) xar bir tsentner xosil olish uchun zarur bo’lgan suv miqdori bilan.

  1. O’rtacha yillik bir xodim hisobiga olingan yalpi mahsulot qanday aniqlanadi

A) yalpi mahsulotning mavjud ishchilar soniga nisbati bilan
V) sof daromadning ishchilar soniga nisbati bilan
S) yalpi mahsulotning foydaga nisbati bilan
D) yalpi mahsulot qiymatini ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati bilan.

  1. Bir birlik ekin maydoniga to’g’ri kelgan mahsulot miqdori nima

A) yalpi hosil
V) yalpi mahsulot
S) hosildorlik
D) tovar mahsuloti.

  1. Qishloq xo’jaligi korhonasida yalpi mahsulot qiymatining asosiy fondlarni o’rtacha yillik qiymatiga nisbati qanday ko’rsatkich bilan ifodalanadi

A) fond sig’imi
V) fond bilan ta’minlanish
S) fond bilan qurollanish
D) fond qaytimi.

  1. Qishloq xo’jaligi korhonasida bir birlik mahsulot yetishtirish uchun qancha asosiy fondlar sarflanishini qanday ko’rsatkich bilan ifodalanadi

A) fond sig’imi
V) fond qaytimi
S) fond bilan qurollanish
D) fond bilan ta’minlanish.

  1. Qishloq xo’jaligi korhonasida yillik asosiy vositalar qiymatini yer maydoniga nisbati qanday nomlanadi

A) fond sig’imi
V) fond qaytimi
S) fond bilan ta’minlanish
D) fond bilan qurollanish.
Javoblar va ularni tekshirish jadvali

S

1

2

3

4

5

6

J



















V/



















Amaliy mashg’ulot bo’yicha talabani reytingi:


45- amaliy mashg’ulot. “CHorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti”
(4 soat) (2-qism)

CHorvachilik tarmog’ini yuksaltirish uchun birinchi navbatda mustahkam yem-xashak bazasini vujudga keltirish lozim.


Em-xashak bazasi - chorvachilikni rivojlantirishning asosidir. yem-xashak, o’simlikdan tayyorlanadigan tabiiy pichanlardan, sabzavot chiqindilaridan hamda sanoatda tayyorlanadi­gan vitaminli va mineral ozuqalar va oziq-ovqat chikin-dilaridan yetishtirish va undan foydalanish tizimidir.
Har bir xo’jalikda mustahkam ozuqa bazasini yaratish, za­rur bo’ladigan ehtiyoj ozuqa jamg’armalarini vujudga kelti­rish chorvachilikni muvaffaqiyatli rivojlantirishning muhim shartlaridandir.
Em-xashak turlari va guruhlari, ozuqa yetishtirish va oziqlantirishning xillari qo’yidagilar:

  • o’simliklar;

  • xayvonlar mahsulotlari;

  • mineral ozuqalar.

O’simliklar va xayvonlar mahsulotlari - bu asosan qishloq xo’jaligi mahsulotlari yoki uning qayta ishlanishidan hosil qilinadi. CHorva mahsulotlaridan tayyorlanadigan ozuqaga sut va uning chiqindisi, - zardob, go’sht, baliq, suyak unlari kiradi. Usimliiklardan tayyorlanadigan ozuqalar o’z navbatida tarkibiga ko’ra turt guruhga bo’linadi:
-kontsentratsiyalangan don va don mahsulotlari, aralash yem, shrot va boshqalar;
-somon, pichan, to’pon, ko’k o’tlar, shirali ozuqa, ya’ni silos, ildiz mevalar, kartoshka, poliz mahsulotlari va boshqalar;
-mineral ozuqalar- bo’r, suyak uni, predtsipitat, trikaltsiy, fosfat va o’z tarkibida har xil mikro elementlarni saqlaydigan yemlar. Mamlakatimizning tabiiy-iqtisodiy sharoitlariga ko’ra yem-xashak turlari va uning tar­kibi, hamda tayyorlanish muddatlari turlicha, bo’lishi mumkin.
Dehqonchilik intensiv ravishda rivojlanayotgan xo’jaliklarda yem-xashakning asosiy qismi ekinzorlarda yetishtiriladi. Tabiiy pichanzorlarda tayyorlangan yem-xashaklar qo’shimcha baza bo’lib hizmat qiladi. Bunda iqtisodiy jixatdan qulay bo’lgan balanslangan ratsion bo’yicha chorva mollarini oziqlantirishni ta’minlaydigan ekinlar hal kiluvchi ahamiyatga ega. yem-xashak yetishtirish xo’jaliklarda qanday usulda hosil bo’lishiga qaramay, ular qo’yidagi asosiy talablarga javob bera oladigan mutahkam yem-xashak bazasi yaratishga intilishlari lozim:

  • em-xashak tayyorlash uchun har bir gektar yer maydonidan samarali foydalanish;

  • ozuqa tarkibi va ratsionida to’yimli moddalarning bo’lishi va ularning kimyoviy tarkibida mineral moddalar va vitaminlarning ko’pligi ta’minlanishi;

-tabiiy yerlardan olinadigan yem-xashak, shuningdek, kayta ishlaydigan korhonalar chiqindisi va ikkinchi dara-jali mahsulotlardan foydalanishning to’liq amalga oshirilishi.
Xo’jaliklar tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, ozuqabop ekinlar madaniy va texnika ekinlari bilan ko’shib ekil-ganda har bir gektar ekin maydoni arzon va mo’l hosil berishi bilan birga, yana xo’jalikda mehnat, moddiy, pul va boshqa resurelardan samarali foydalanishga ham imkon beradi. Buning uchun almashlab ekishni to’g’ri o’zlashtirish zarur bo’ladi.
Bir xil tabiiy zonada joylashgan bir xil tipdagi korhonalarda yem-xashak bazasining intensiv va samaradorlik darajasini iqtisodiy baholashda qo’yidagi asosiy kompleks ko’rsatkichlar hisobga olinadi:
Em-xashak uchun sarflanadigan xarajatning har bir so’mi hisobiga to’g’ri keladigan chorvachilik yalpi maxsu-lotining qiymatiga qishloq xo’jaligi korhonalarida yem-xashak bazasini yaratishga mavjud sharoitlar bilan bir qatorda xo’jalikni ixtisoslashtirish hamda chorva mollarini boqish turlari ham bevosita ta’sir ko’rsatadi. Demak chorvachilikni intensivligini va samaradorligi darajasini iqtisodiy tomondan aniqlashda bunga ham aloxida eti-bor berish kerak. Xo’jaliklarda yem-xashak tayyorlash mollarni boqish (oziqlantirish) bilan o’zaro to’g’ri bog’lab olib borilishi kerak.
Em-xashak ekinlarini va mollarni boqish (oziqlan­tirish) turlarini tanlashda iqtisodiy baholash bilan bir qatorda asosiy tashkiliy va zootexnika talablari ham hisobga olinadi. Xo’jalikda shunday va shuncha hajmda yem-xashak vujudga keltirilishi kerakki, bu yem-xashak mollarning fiziologik talablariga to’liq javob bersin.
Ozuqabop ekinlarni baholashni tashkil etishda quyidagilar e’tiborga olinadi:
-murrakab tehnologiya hamda kompleks mexanizatsiyani ishlab chiqarishda qo’llash va
foydalanish imkoniyati;
- urug’liklar olish;
- boshqa ekinlardan yuqori hosil olishda o’tmishdosh urug’larning roli;
- ob-havo sharoiti noqulay bo’lganda zaxiraga ypyg’ tayyorlashning ahamiyati;
-yuqori va barqaror hosil yetishtirishda mazkur xo’jalik hamda tuman va zonada ilg’or qishloq xo’jalik kor-xonalari, shunindek, ilmiy tadqiqot muassasalari va davlat uchastkalarining tajribasi va boshqalar

Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin