O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


-jadval O‘zbekistonda tokchilikning asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə79/244
tarix07.01.2024
ölçüsü5,62 Mb.
#207386
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   244
O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.

1-jadval
O‘zbekistonda tokchilikning asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari

Yillar

Hosilga kirgan tokzorlar, ming ga.

Uzum yalpi hosili, ming tonna

1gektaridan hosildorlik, s/ga

Aholi jon boshiga, kg

2005

99,2

641,6

64,7

24

2006

101,2

803,6

79,4

30

2007

103,2

878,9

85,2

32

2008

102,4

792,5

77,4

29

2009

105,6

900,5

85,2

32

2010

108,7

987,3

90,8

34

2011

111,5

1090,2

97,8

37

2012

111,1

1206,0

108,6

40

2013

113,8

1322,1

116,1

43

2014

119,4

1441,2

120,7

46

* O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. Yillik statistik to‘plam. Toshkent 2013 yil va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. Toshkent 2015 to‘plam materiallari.

2000 yilda 1990 yilga nisbatan yalpi hosilning 16 % ga kamayishi gektaridan hosildorlikning 13,1 sentnYerga yoki 17 foizga pasayishi hisobiga bo‘lgan. Ko‘pchilik korhonalarda agrotexnik ishlarning bajarish muddatlari va sifati talab darajasida bajarilmagan. Suv resurslari tanqis xo‘jaliklarda sug‘orish miqdori keskin kamayib ketgan va hosildorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatgan.


2000 yilda aholi jon boshiga 26 kg uzum ishlab chiqarilgan yoki 1990 yilga nisbatan qariyb 30% ga kamaygan. 2014 yilda bu ko‘rsatkich 46 kg.ni tashkil etgan yoki 2000 yilga nisbatan 76,9% ga oshgan. Istiqbolda uzum ishlab chiqarishni ko‘paytirish hosildorlikni kamida 2 marta oshirish hamda tokzorlarni yanada kengaytirish hisobiga amalga oshirilishi kerak.
O‘zbekistonda keyingi yillarda uzumchilikni rivojlantirishga katta e’tibor berilmokda. O‘zbekiston RespublikasiPrezidentining 2006 yil 9 yanvardagi PF-3709-sonli “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoniko‘ra meva-sabzavotchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi koopYerativlari (shirkatlari) O‘zbekiston Respublikasining «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonuni talablariga qat’iy muvofiq ravishda, mavjud ixtisoslashuvni saqlagan holda fermer xo‘jaliklari etib qayta tashkil qilinishi,qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilishda, o‘z mehnati natijalari, yetishtirilgan mahsulot va daromadlarini tasarruf etishda fermerlarning huquqlari va mustaqilligining kengaytirilishi, shuningdek, shartnoma majburiyatlarini bajarish va yer-resurslaridan oqilona foydalanish uchun ularning huquqiy javobgarligining oshirilishi, fermer xo‘jaliklari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashning tez moslashuvchan zamonaviy kichik tehnologiyalaridan foydalanadigan, shu jumladan xorijiy investorlar ishtirokidagi agrosanoat firmalarini ixtiyoriylik asosida shakllantirish, mavjud qayta ishlash korhonalarini modYernizasiya qilish, meva-sabzavot mahsulotlari eksportini kengaytirish, shu hududda zarur ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi — muqobil mashina-traktor parklari, suv iste’molchilari uyushmalari, yonilg‘i-moylash materiallari va mineral o‘g‘itlar sotish punktlari, mini-banklar, turli tara idishlar ishlab chiqarish va sotish punktlari barpo etish, fermer xo‘jaliklarining o‘z faoliyatini xo‘jalik hisobi va o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan to‘la qoplash tamoyillari asosida amalga oshirishi, xodimlar, jumladan xo‘jalik egasining oila a’zolari, shuningdek, vaqtincha (mavsumiy) yollanadigan fuqarolar o‘rtasidagi mehnat munosabatlari mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzish yo‘li bilan tartibga solinishi, meva-sabzavotchilik va uzumchilik fermer xo‘jaliklarining qayta ishlash korhonalari va hizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar bilan o‘zaro munosabatlari, mahalliy boshqaruv organlari aralashmagan holda, tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar, shu jumladan fyuchYers shartnomalari asosida amalga oshirilishi va boshqa bir qancha shart-sharoitlar belgilab berildi va o‘tgan yillar davomida qaror talablari bosqichma-bosqich bajarildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 1 martdagi 51-sonli “Bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaroriga ko‘ra Nizom tasdiqlandi va unda shirkatlar faoliyatining maqsadi va predmeti,shirkatning huquq va majburiyatlari, shirkatga a’zolik. shirkat a’zolarining huquq va majburiyatlari, shirkatning mol-mulki va mablag‘lari, shirkatning boshqaruv organlari va shirkatni qayta tashkil etish va tugatish masalalari atroflicha bayon qilingan.
Ko‘pchilik ixtisoslashgan xo‘jaliklarda sotilgan uzumning rentabellik darajasi 2010 yilda bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari darajasida tashkil topgan. Bu ko‘rsatkich asosan ko‘tara va chakana baholarning nisbatan oshishi hisobiga Yerishilgan. Hosilorligi past korhonalarda 1 s. uzumning tannarxi yildan yilga ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Bunday holat asosan, tarmoqda mehnat unumdorligining pastligi, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash xarajatlarining ko‘payishi bilan bog‘liq va h.k.
Sifatliroq va sYerdaromad xo‘raki, kishmish va sharopbop uzum navlarini ko‘proq ishlab chiqarish maqsadida quyidagi real imkoniyatlardan to‘laroq foydalanish zarur:
1.Yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli xo‘raki navlardan: Daroyi, Oq xalili, Oq husayni, Go‘zal qora, Nimrang, Pushti toyifi; Mayizbop navlardan Qora kishmish, Zarafshon kishmish, Oq kishmish; Vinobop navlardan Rkasiteli, Bayani Shirmi, Kul’jinskiy, Muskat VIR va boshqalarni rivojlantirish;
Mustaqillik yillarida (2010-2014 yillarda) O‘zbekistonda uzumning quyidagi navlari yaratildi va rayonlashtirilgan:
nilufar .328.UZ.2013 y., oltinday. 7.UZ.2013 y., ranniy ShredYera. 7. UZ. 2010 y., rangdor.7. UZ. 2012 y., xuseyni muskatnыy.23. UZ. 2014 y.,
qulupnayning O‘zbekiston go‘zali. 7. UZ. 2014 y., Oltinsimon qarag‘at iroda. 7. UZ. 2012 y., ruxshona.7. UZ. 2014 y. kabi navlari.
2.SYerhosil va kasallanmagan navlardan kuzda qalamchalar tayyorlash va intensiv rivojlantirishni tashkil etish;
3.Toklarni simbag‘azlarda va voish shakllarida o‘stirish ;
4.Hosillilik darajasini hisobga olib 4-6 marta, shag‘alli yerlarda 8-10 marta, sizot suvlari yuza yerlarda 2-3 marta sug‘orishni belgilangan muddatlarda sug‘orish, samarali tomchilab sug‘orish usulidan foydalanish;
5.Tez o‘suvchi va ko‘p bargli toklarni xomtok qilish;
6.Hosil beruvchi novdalarni sovuqqa oldirmaslik uchun o‘z vaqtida ko‘mish va ochishni tashkil etish;
7.Gibberillindan foydalanish;
8.Tokzorlarda ko‘p uchraydigan ondium va antraxnoz kasalliklariga qarshi asosan oltingugurtli preparatlardan keng foydalanish;
9.Chirigan go‘ng va belgilangan me’yorlarda va muddatlarda mineral o‘g‘itlardan foydalanish;
10.Mahsulotlarni Erkin va shartnomali mavsumiy baholarda sotish, ularning nobud bo‘lishini keskin kamaytirish va x.k.



Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin