O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.
1.Tabiiy-biologik. Iqlim, tuproq,relyef, suv rejimi, yem-xashak ekinlarining turlari va navlari;
2.Texnik. Mashinalar, aspob-uskunalar, kimyoviy konservantlar va boshqa ishlab chiqarish vositalari, mashinalar sifati;
3.Texnologik. Dalachilik yem-xashak ishlab chiqarishida (ekish, parvarishlash,yig‘ib-terib olish va boshqalar) agrotexnik tadbirlar tizimi (sistemasi); almashlab ekish, urug‘chilik, meliorasiya, o‘g‘itlash; o‘tzor va yaylov xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar sistemasi(pichanzorlarning yuza qismini va umuman tubdan yaxshilash, yaylov almashlab ekishi, hududni tashkillashtirish va boshqalar)
4.Tashkiliy. mehnatni tashkil qilish, me’yorlash va unga haq to‘lash; kadrlar malakasini oshirish; boshqarish; mehnat intizomi;
5.Iqtisodiy.Mulk shakllari; mehnatni rag‘batlantirish; ixtisoslashtirish; mahsulot sifati; baholar; moliyalashtirish;
6.Ijtimoiy(sosial). Demografik holat;ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish va boshqalar;
7.Ekologik. Atrof muxitning holati; tuproq, suv, havoni ifloslantirishga qarshi kurash bo‘yicha tadbirlar tizimi (sistemasi).
20.1.17.. Ozuqa resurslarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari Ko‘pchilik chorvachilik tarmoqlarida ozuqa resurslaridan foydalanish kompleksi ko‘rsatkichlari ularning mahsuldorlik potensialiga hamda bozor qonunlari talablariga javob bermaydi. Chunki odatda, chorva hayvonlarining ozuqa birligiga bo‘lgan o‘rtacha talabi me’yorlar bo‘yicha ta’minlanmaydi, zotdor hayvonlarning mahsuldorlik potensialidan foydalanish koeffisiyentlari past, haqiqiy sarflangan ozuqa birligiga 2-3 marta kam sut, go‘sht va boshqa mahsulotlar olinadi va ularning tannarxi yem-xashak va boshqa xarajatlari hisobiga ko‘tariladi va hokazo.
Chorvachilikda ozuqa resurslaridan foydalanish iqtisodiy samaradorligini barqaror ta’minlash uchun quyidagi omillar va real imkoniyatlardan to‘laroq foydalanish zarur:
barcha turdagi zotdor chorva hayvonlarini ilmiy asoslangan rasion asosida muntazam oziqlantirishni amalga oshirish, binobarin, ularning mahsuldorlik potensialidan foydalanish koeffisiyentini o‘rtacha 2 marta ko‘tarish;
ozuqa resurslari sifati hamda tarkibini takomillashtirish, ularning tannarxini pasaytirish imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish;
katta hajmli va qisqa muddatlarda sifat belgilarini pasaytiruvchi ozuqalarni chorva mollariga yaqin joylarda ishlab chiqarish va saqlash, ularni tashish va taqsimlash xarajatlarini kamaytirish uchun sharoit yaratish;
ozuqa resurslarini ko‘paytirish, ularning sifatini yaxshilash maqsadida soya, makkajo‘xori, ko‘p yillik va bir yillik o‘tlar maydonlarini kengaytirish va ularning hosildorligini oshirish imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanishga erishish;
sug‘oriladigan ozuqa ekinlari hosildorligini oshirish, avvalo, belgilangan miqdorda mineral va organik o‘g‘itlardan foydalanishni talab etadi;
ferma oldi almashlab ekish tizimini qat’iy joriy qilish;
xo‘jalik tomonidan oxirgi yillarda foydalanilgan tabiiy yaylov hamda pichanzorlarning hosildorligini 40-50 foizga oshirish chora tadbirlarini amalga oshirish lozim. Bu maqsadga Yerishish uchun maydonlardan foydalanishda yaylov almashinuvini tashkil etish, qo‘shimcha yaylov va pichanzorlar o‘simliklari urug‘larini ekish, tabiiy namni saqlash usullaridan foydalanish zarur. Tabiiy yaylov va pichanzorlar hosildorligini oshirish arzon ozuqalardan foydalanishga sharoit yaratadi;
xlorela va boshqa suv o‘tlaridan, ularning suspenziyasidan foydalanishni tashkil etish;
barcha turdagi ozuqalar sifatini saqlash hamda nobud bo‘lishini kamaytirish uchun ularni saqlash va qayta ishlashda progressiv usullardan keng foydalanish;
omuxta-yem ishlab chiqarish va undan foydalanish samaradorligini yanada oshirish;
ozuqalarni ishlab chiqarish, saqlash va taqsimlash jarayonlarini mexanizasiyalashtirishni kuchaytirish, binobarin xodimlarning mehnat unumdorligini oshirish, ularga garantiyalangan haq to‘lashni amalga oshirish va h.k.
Nazorat uchun savollar
1.O‘cimlikchilikning ahamiyati, asosiy tarmoqlari qaysilar
2.G‘allachilikning ahamiyati, rivojlanishi darajasi va iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari qaysilar
3.Paxtachilikning ahamiyati, rivojlanish darajasi va iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari qaysilar
4.Kartoshkachilikning ahamiyati, rivojlanish darajasi va iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari qaysilar
5.Sabzavotchilikning ahamiyati, rivojlanish darajasi va iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari qaysilar
6.Bog‘dorchilikning ahamiyati, rivojlanish darajasi va iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari qaysilar
7.Uzumchilikning ahamiyati, rivojlanish darajasi va iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari qaysilar
8.Ozuqa ekinlarining ahamiyati, rivojlanish darajasi va iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari qaysilar
9.O‘simlikchilik rentabelligiga ta’sir qiluvchi omillar qaysilar