O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə76/244
tarix07.01.2024
ölçüsü5,62 Mb.
#207386
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   244
O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.

20.1 Mevachilik iqtisodiyoti
Reja:
20.1.1 Bog‘dorchilikning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
20.1.2 .Bog‘dorchilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli
20.1.3 .Bog‘dorchilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari
20.1.4 .Uzumchilikning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati


20.1.1 Bog‘dorchilikning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
Bog‘dorchilikning meva va rezavor kabi asosiy mahsulotlari tarkibida inson organizmi uchun o‘ta foydali bo‘lgan shakar (glyukoza va saxaroza)lar, amino kislotalar, oqsillar, moylar, mineral tuzlar, vitaminlar, fermentlar, kolloidlar, oshlovchi moddalar, peksin va boshqa xushbo‘y moddalar mavjud. Ularni ilmiy asoslangan me’yorlarda (80-90 kg) yil davomida iste’mol qilish yuqori kalloriyali (go‘sht, yog‘, non va boshqalar) mahsulotlarni hazm qilish darajasini yaxshilaydi. Insonlarning salomatligini mustahkamlaydi, umrini ham uzaytiradi. Bog‘dorchilik 75-80 turdagi mahsulotlar beradi, ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  1. Urug‘li mevalar (olma, nok, bexi, do‘lana va boshqalar);

  2. Danakli mevalar (o‘rik, shaftoli, olxo‘ri, gilos va boshqalar);

  3. Rezavor mevalar (qulupnay, malina, smorodina va boshqalar);

  4. Subtropik mevalar (anor, anjir, xurmo, chilonjiyda, tutlar, zaytun va boshqalar);

  5. Sitrus mevalar (limon, mandarin, apelsin, va boshqalar);

  6. Yong‘oq, bodom, pista va boshqalar;

  7. Har xil tropik mevalar(banan, ananas va boshqalar).

Turli xil bog‘dorchilik ho‘l mahsulotlarining biokimyoviy tarkibi va inson organizmi uchun foydalilik darajasi keskin farq qiladi. Masalan, yong‘oq va pistadan boshqa mevalarda oqsil va moy juda kam. Ko‘pchilik to‘liq pishgan mevalarda shakarlar va uglevodlar ham turli darajada tashkil topadi.
Turli xil mahsulotlarning inson organizmiga foydaliligida ham tafovutlar bor.
Meva-rezavorlarni ho‘l shaklida istemol qilish eng yuqori samara beradi. Ammo, ularni hosildan-hosilgacha saqlash xarajatlarni ko‘paytiradi, ularni anchagina qismi buzilib qoladi va sifat belgilari pasayadi.
Bog‘dorchilik mahsulotlaridan yil davomida foydalanishni amalga oshirish maqsadida ularni qayta ishlash zaruriyati tug‘iladi. Ularning anchagina qismi oziq-ovqat sanoatida qayta ishlanadi. Konserva, povidlo, jem, murabbo, marmelad, konserva, sharbat, meva suvlari va kompotlari, vino va boshqa alkogol ichimliklar va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi.
Shakarlilik darajasi yuqori bo‘lgan mevalarning anchagina qismi quritiladi.
Meva-rezavorlarni qayta ishlash ularni uzoq muddatlarda saqlash, iste’mol qilish hamda uzoq masofalarga tashish xarajatlarini kamaytirishga sharoit yaratadi.
Daraxtlarning barglari chorva ozuqasi va organik o‘g‘it, shoxlari xam poyalari yoqilg‘i, qurilish va boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi va urug‘laridan moy, dorivorlar va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi.
Bog‘dorchilik samaradorligi yana shundaki, ularning ko‘pchiligida uzoq (15-20 dan 80-90 )yillar davomida hosil beradi. Ildizlari baquvvat chuqur joylashgan, qurgoqchilikka birmuncha chidamlilari, tuproq unumdorligi nisbatan past, notekis yerlarda xam rivojlanadi.
Bog‘dorchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sYermehnat va sYerdaromad hisoblanadi. Bog‘dorchilikni intensiv rivojlantirish mehnat, yer, suv va boshqa resurslar potensialidan foydalanish samaradorligini oshiradi va x.k

Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin