20.1.2 .Bog‘dorchilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli
Madaniy bog‘dorchilik O‘zbekistonda taxminan milodgacha V asrlardan rivojlana boshlagan. Ammo obyektiv va subyektiv sabablarga ko‘ra uning sosial iqtisodiy samaradorligidan uzoq yillar barqaror foydalanilmagan. Sug‘oriladigan yerlarni kengaytirish yillarida bog‘dorchilikni rivojlantirish birmuncha tezlashtirildi.
Qayd etish lozimki, bog‘zorlar hosildorligiga ko‘pincha ob-havo tasir etadi. 2000 yil ob-havo tarmoq uchun boshqa yillarga nisbatan qulay keldi. Natijada 1990 yilga nisbatan gektaridan hosildorlik 20,4 sentnYerga yoki qariyb 56 % ga oshdi. 2000 yilda aholi jon boshiga qariyb 33 kg meva-rezavor mevalar ishlab chiqilgan. Bu 1960 yilga nisbatan 2 marta ko‘pdir. 2000 yilda 8,4 % mahsulot umumittifok fondiga sotilgan. Aholi jon boshiga 23 kg meva-rezavor meva istemol etilgan xolos.
1-jadval
O‘zbekistonda bog‘dorchilikni rivojlantirishning asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari
Yillar
|
Hosilga kirgan bog‘lar maydoni,
ming ga.
|
Meva va rezavor-lar yalpi hosili, ming tonna
|
1 gektaridan hosildorlik, s/ga
|
Aholi jon boshiga, kg
|
2005
|
152,4
|
949,3
|
62,3
|
36
|
2006
|
160,2
|
1182,2
|
73,8
|
44
|
2007
|
165,9
|
1270,0
|
76,6
|
47
|
2008
|
170,1
|
1402,7
|
82,5
|
51
|
2009
|
176,9
|
1544,5
|
87,2
|
55
|
2010
|
184,8
|
1710,3
|
92,6
|
59
|
2011
|
193,1
|
1878,8
|
97,3
|
64
|
2012
|
196,0
|
2052,8
|
104,7
|
68
|
2013
|
201,3
|
2261,1
|
112,3
|
74
|
2014
|
214,6
|
2490,6
|
116,0
|
80
|
* O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. Yillik statistik to‘plam. Toshkent 2013 yil va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. Toshkent 2015 to‘plam materiallari.
Mustaqillik yillarida (2010-2014 yillarda)mevalarning quyidagi navlari rayonlashtirilgan:
olmaning fYeruza .7.UZ.2014 y.,
behining mushk behi .7.UZ. 2012 y.,
olxo‘rining Kirgizskaya prevosxodnaya.7.UZ. 2012 y.,1-13.).
shaftolining muyassar.327.UZ.2013y. va o‘rikning Bobo Radjabi .7.UZ.2012 y., maroqand.7.UZ.2010 y. navlari kabilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2009 yil 26 yanvardagi PQ-1047-sonli“Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga binoan respublika aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini barqaror ta’minlash, ichki iste’mol bozorini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan bekamu-ko‘st to‘ldirish, bog‘-rog‘larni jadal rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan manfaatdor xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki iste’mol bozorini ular bilan to‘ldirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib unda 2009 yilda oziq-ovqat mahsulotlari eng muhim turlarini ishlab chiqarishning asosiy parametrlari, respublika viloyatlari bo‘yicha 2009 yilda yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz ekinlari va uzum ekiladigan maydonlar hamda ularni yetishtirishning prognoz hajmlari, shuningdek, respublikada tomchilatib sug‘orish tizimini tatbiq etishning prognoz parametrlari ishlab chiqilgan
Mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini, jumladan meva-rezavorlarni ko‘paytirish maqsadida bog‘ maydonlarini kengaytirish va ulardan olinadigan hosilni jadallashtirish ishlarida intensiv bog‘lar barpo qilish dolzarb vazifa qilib qo‘yildi va hozirgi kunda respublikaning ko‘p hududlarida tekis dalalarda ham, adir hududlarda ham ana shunday bog‘lar yaratildi. Ma’lumki bu bog‘lar katta mablag‘lar evaziga barpo qilinadi. Ana shu maqsadda yuqorida ta’kidlangan qarorda tijorat banklariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foiz stavkasi bo‘yicha belgilangan tartibda, mahsulot ishlab chiqaruvchi korhonalarga — oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan tehnologiya uskunalari, xom ashyo va materiallar sotib olish hamda tomchilatib sug‘orish tizimlarini xarid qilish uchun hamda fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar va boshqa tadbirkorlik subyektlariga — issiqxonalar barpo qilish hamda tomchilatib sug‘orish tizimini tatbiq etish uchun kreditlar berish va lizing hizmatlari ko‘rsatish uchun bank kredit portfelining kamida 20 foizi miqdorida maxsus kredit liniyalari ochish tavsiya qilingan.
Keyingi yillarda, ushbu qarorga qo‘shimchalar kiritildi va u bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |