O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə150/244
tarix07.01.2024
ölçüsü5,62 Mb.
#207386
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   244
O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.

Bir qismi (urug’, yem, buzoqlar uchun ajratilgan sut, inkubator uchun tuxum va boshqalar) bevosita qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish maqsadlari uchun iste’mol qilinadi.
Boshqa qismi esa pirovard mahsulot deyiladi va sotish uchun foydalaniladi.
SHu sababli qishloq xo’jaligida «yalpi oborot» tushunchasi ham ishlatiladi. YAlpi mahsulotdan farq qilib, yalpi oborot o’z ichiga hamma yalpi mahsulotni oladi, ya’ni ichki ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadiganini ham, sotiladiganini ham. YAlpi oborot yalpi mahsulotdan ichki ishlab chiqarish oborotining miqdoriga ko’pdir. Qishloq xo’jaligida, boshqa tarmoqlardan farq qilib, yalpi oborot va yalpi mahsulot bir-biriga teng. CHunki, yalpi mahsulot yalpi oborot usuli bo’yicha hisoblanadi, ya’ni unga ichki xo’jalik oboroti ham kiradi. SHuning uchun qishloq xo’jaligida yalpi oborot ko’rsatkichi hisoblanilmaydi.
Tarmoqlar bo’yicha qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining tarkibi quyidagicha bo’ladi:
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti:
I. Dehqonchilik mahsulotlari:
a) qishloq xo’jalik ekinlari asosiy mahsulotning yalpi hosili;
b) ko’p yillik daraxtlarni o’stirish;
v) tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’idagi o’zgarish (kuzgi ekinlar xarajati);
g) qo’shimcha mahsulot (somon, poxol va boshqalar).
II. CHorvachilik mahsulotlari
a) qoramol va parrandalardan xo’jalikda foydalanishdan olingan,
mahsulotlar (sut, jun, tuxum, pilla, qorako’l teri va boshqalar);
b) qoramol va parrandalarning o’sishi (tirik vaznda);
v) buzoqlar, qo’zi, uloq va boshqa olingan bolalar;72
g) qoldiq mahsulotlar ( go’ng va boshqalar ).
Pulda ifodalangan dehqonchilik yalpi mahsuloti ko’rsatkichi (DYAM) qishloq xo’jaligi ekinlari yalpi hosili qiymati (EYAXK), ko’p yillik daraxtlarni o’stirish xarajatlari qiymati (KYDO’Q), tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatidagi o’zgarishlar va boshqa mahsulotlar qiymati (T ishlab chiqarish va BMK)dan tashkil topadi.

DYAM = eYAXK + KYDUQ + T i/ch va BMK (1)


YAlpi mahsulotning tarkibida shaxsiy iste’mol fondi va jamg’arish fondi o’rtasidagi ratsional nisbat ahamiyatga ega. Uning tashkil topishi mahsulotning tannarxi va bahosi, binobarin xarajatlar rentabelligi darajasiga bog’liq.


Qishloq xo’jaligining tovar mahsuloti deganda, yalpi mahsulotning barcha sotish kanallari orqali, ya’ni davlat, matlubot kooperatsiyasi, qishloq aholisiga, dehqon bozorida, oshxona orqali, bolalar muassasalariga va chet davlatlarga sotiladigan qismiga aytiladi.
CHorvachilik yalpi mahsuloti (CHYAM) esa, mollar va parrandalardan xo’jalikda foydalanish natijasida olingan mahsulotlar qiymati (MPMQ); mol va parrandalar tirik vazni o’sishining qiymati (TVO’Q), olingan bola qiymati (OBQ) va boshqa mahsulot qiymati (BMQ)dan tashkil topadi.
CHYAM = MPMQ +TVO’Q + OBQ +BMQ (2)

Tovar mahsulotning sotilgan va bu uchun pul olingan qismi sotilgan mahsulot deyiladi. SHuning uchun «Tovar mahsulot» tushunchasi «Sotilgan mahsulot» tushunchasidan kengdir. Agar tovar mahsulotning hammasi sotilsa, u holda ikkalasi teng bo’ladi. Xo’jaliklarning hozirgi hisobotlarida tovar mahsulotning real miqdori va qiymati aniqlanmaydi.


Sotish paytida sotilgan mahsulot natural formadan pulda ifodalangan qiymat formasiga o’tadi. Sotilgan mahsulotning bir qismi o’sha zahotiyoq qiymat shaklini oladi. Bu chetga ko’rsatilgan hizmatlar yoki boshqa korhonalar uchun bajarilgan ishlarga olingan pul tushumidir. Bir butun qishloq xo’jaligining hamda alohida qishloq xo’jalik korhonalari va alohida mahsulot turlarining tovarliligi ikki ko’rsatkichda ifodalanadi:
1. Tovar mahsulotining massasi;
2. Tovarlilik darajasi.
Bu ko’rsatkichlarning har biri o’zi mustaqil ahamiyatga ega, ammo tovar fondining absolyut miqdori hal qiluvchi ahamiyatga ega. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida tovarlilik darajasi muhim ahamiyatga ega bo’lib, u sotilgan mahsulotni yalpi mahsulotga bo’lib topiladi va foizlarda ifodalanadi.
Alohida mahsulot turi bo’yicha tovarlilik darajasini aniqlashda yalpi mahsulot va tovar mahsulot natural ko’rinishda foydalaniladi. Ma’lum bir tarmoqning yoki butun qishloq xo’jaligining tovarlilik darajasini aniqlashda yoki har xil mahsulot chiqaradigan turli tarmoq tovarlilik darajasini solishtirganda yalpi sotilgan mahsulotning qiymat ko’rinishidan foydalaniladi. Bunda yalpi mahsulot va sotilgan mahsulot bir xil bahoda baholanishi maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin