O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


ISO ni tuzilishidan asosiy maqsad



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə149/244
tarix07.01.2024
ölçüsü5,62 Mb.
#207386
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   244
O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.

ISO ni tuzilishidan asosiy maqsad - xalqaro miqyosdagi mol almashinuvida va o’zaro yordamni yengillashtirish uchun dunyo ko’lamida standartlashtirishni rivojlantirishga ko’maklashish hamda aqliy, ilmiy, texnikaviy va iqtisodiy faoliyatlar sohasida hamdustlikni rivojlantirishdir.
Hozirgi kunga kelib Xalqaro standartlashtirish tashkilotining tarkibi 100 tacha mamlakatning vakillaridan iborat bo’lib O’zbekiston Respublikasi davlati xam Mustaqillik sharofati bilan ISO ning teng xuquqli azolaridan biri bo’lib hisoblanadi


31- amaliy mashg’ulot. “Qishloq xo’jaligi yalpi va tovar mahsulotlarini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish”
(4 soat) (1-qism)
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining pirovard natijasi yalpi mahsulotdir. Qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti deganda, shu tarmoqning ma’lum bir davr ichida ishlab chiqarilgan mahsulotlari miqdorining yig’indisi tushuniladi. Uning tarkibiga faqat dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari kiradi.
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti natura va qiymat ko’rsatkichlarda hisobga olinadi. Natural ko’rsatkichlar qishloq xo’jaligida yaratilgan iste’mol qiymatlarining tarkibi va miqdorini aks ettiradi. TSentner, tonna va boshqa o’lchovlarda hisoblanadigan yalpi mahsulot ko’rsatkichiga, 70dehqonchilikda – alohida ekinlar yoki bir xil turdagi qishloq xo’jaligi ekinlari asosiy mahsulotlari, yosh ko’p yillik daraxtlarning va dehqkonchilikdagi tugallanmagan ishlab chiqarishning (kuzgi ekinlarning ekish va kelgusi yil hosili uchun xarajatlar) o’sishidagi o’zgarishlar, shuningdek tarmoqning boshqa (qo’shimcha) mahsulotlari (somon, poxol va boshqalar); chorvachilikda – tayyor mahsulotning alohida turlari bo’yicha (sut, jun, tuxum va boshqalar) yalpi tushum: yosh mollar va parrrandalarning tirik vaznining o’sishi, shuningdek, tarmoqning boshqa qoldiq mahsulotlari (go’ng va boshqalar) kiradi.
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotini qishloq xo’jalik korhonalari yalpi mahsuloti bilan almashtirmaslik kerak.Qishloq xo’jalik korhonalarining yalpi mahsuloti ancha keng ma’noga ega bo’lib, u o’z ichiga qishloq xo’jalik mahsulotidan tashqari yordamchi, sanoat va boshqa ishlab chiqarishlarni, ish va hizmatlarni oladi. Masalan: xo’jalikda qayta ishlangan ( un, o’simlik, mol yog’i va h.k) dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari va boshqalar qishloq xo’jalik mahsuloti emas, balki sanoat mahsuloti hisoblanadi. Ular ham qishloq xo’jalik korhonalari yalpi mahsuloti tarkibiga kiradi.
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotini umumiy ifodalash uchun taqqoslama va joriy baholarda, shuningdek mahsulot tannarxi bo’yicha baholash lozim. Mahsulotning umumiy hajmini, uning yillar bo’yicha dinamikasidagi o’zgarishlarni aniqlash uchun, shuningdek, yillik va soatlik mehnat unumdorlik darajasini, fond qaytimini hisoblash va boshqa maqsadlar uchun yalpi mahsulot taqqoslama baholarda baholanadi. YAlpi mahsulotni joriy baholarda aniqlash sof daromadni hisoblash uchun foydalaniladi. Qishloq xo’jaligining yalpi mahsulotlari qiymati uning
tannarxi bo’yicha hisoblanadi. Pulda ifodalangan qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti tarmoqda barcha yaratilgan moddiy boyliklarga umumlashgan tavsif beradi. U qishloq xo’jaligining jami ijtimoiy mahsulotdagi salmog’ini, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi tarmoq strukturasining darajasi va dinamikasini, alohida kategoriyadagi korhonalarning mahsulot ishlab chiqarishdagi rolini, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlarini hisoblash uchun zarur, umum iqtisodiy ko’rsatkich sifatida harakat qiladi.
Qishloq xo’jaligida - pulda ifodalanadigan yalpi mahsulot ko’rsatkichlarining bir qator kamchiliklari mavjud bo’lib, ular quyidagilardir:
1.YAlpi mahsulot faqat jonli mehnat emas, balki buyumlashgan mehnatning ham natijasidir. SHuning uchun yalpi mahsulot bo’yicha hisoblangan ko’rsatkichlar, jonli mehnatni tejash hisobiga yuqori bo’lmasdan, balki moddiy resurslarni ko’p sarflash hisobiga amalga oshadi;
2.YAlpi mahsulotni hisoblashning hozirgi - ya’ni dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari summasini qo’shib hisoblash metodikasi takroriy 71hisoblashga yo’l qo’yadi. Masalan: yem dehqonchilikda ham, chorvachilikda ham mahsulotlar tannarxi moddasida ikki marta hisobga olinadi;
3.YAlpi mahsulotni joriy xarid baholarida baholash, uning haqiqiyqiymatini pasaytiradi, ya’ni yalpi mahsulotning tovar bo’lmagan qismi tannarx bo’yicha baholanadi. U xarid bahosidan sof daromadning miqdoricha kam bo’ladi, ya’ni yalpi mahsulotning qiymati qishloq xo’jalik yalpi mahsulotining tovar bo’lmagan qismini ishlab chiqarishga ketgan, qo’shimcha mehnatni hisobga olmaydi;
4.YAlpi mahsulot ko’rsatkichi har doim ham ma’lum korhona kollektivining real mehnat hissasini aks ettirmaydi, chunki uning miqdori boshqa tarmoqlardan keladigan material resurslarning hajmiga ham bog’liq;
5.Taqqoslama baholarda hisoblangan yalpi mahsulot ko’rsatkichi, uning sifatini to’liq aks ettirmaydi.
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti foydalanishiga qarab, ikki qismga bo’linadi.

Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin