O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


Asalarichilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə101/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

20.Asalarichilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli
Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligi tarmog‘i oldida turgan asosiy muammolardan biri aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan extiyojini o‘zimizda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisobiga qondirishdan iborat bo‘lib, bu shu paytgacha uncha rivojlanmagan tarmoq hisoblangan – asalarichilikni jadal rivojlantirish vazifasini qo‘ydi. Shuning uchun ham, mamlakatimiz istiqlolga Yerishgan kunlaridanoq agrar sohaning muhim tarmog‘i hisoblangan asalarichilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilgan. Eng asosiysi sohada bozor munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar izchillik bilan amalga oshirilib, chorvachilikni, shu jumladan asalarichilikni barqaror rivojlantirishning huquqiy asoslari barpo etildi. Bunga misol qilib, Davlat qonunlari, Prezident farmoni va qarorlarini hamda hukumat Dasturlarini, Vazirlar Mahkamasining qator qarorlarini keltirish mumkin. Ayniqsa, bu borda Prezident I.Karimov tomonidan “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2006 yil 23 –martda qabul qilingan 308-sonli hamda “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2008 yil 21 –aprelda qabul qilingan 842-sonli qarori muxim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu qarorlarning joylarda ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Vazirlar Mahkamasining 2009-2011 yillar davomida chorvachilikni, jumladan rivojlantirish, mamlakatda chorvachilik, qoramolchilik, asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator qarorlar va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Asalarichilik – qishloq xo‘jaligining muxim tarmog‘i. Asalarilar barcha xo‘jaliklarda muvaffaqiyatli rivojlanib kelmoqda.
Xalqimizning oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish uchun, qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirish zarur.
Hozirgi vaqtda ko‘chma asalarichilik keng qo‘llaniladigan bo‘lib, tog‘ oldi (adir) larda joylashgan pasekalarning 90% ini tashkil qiladi.
Mamlakatimizning tog‘li tumanlarida doimiy ravishda (bir joyda) turuvchi pasekalarning 10% ini tashkil qiladi.
Asalarichilikni rivojlantirish hozirgi zamon yer tizimi, har bir hududning tabiiy iqlim va tuproq sharoitini hisobga olgan holda, uning ozuqa bazasini yaxshilash, xo‘jaliklarning iqtisodiy jixatdan samaradorligini oshirishni taqozo etadi.
Respublikada yuqoridagi amalga oshirilgan islohotlarning natijasi sifatida keyingi yillarda baliqchilik rivojlanib bormoqda. Quyidagi 1-jadvalda respublikada 2011-2014 yillarda barcha toifadagi xo‘jaliklarda, fermer xo‘jaliklarida, dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda asal yetishtirish dinamikasining tahlili keltirilgan.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin