O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


Kartoshkachilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə73/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

20.1.13.Kartoshkachilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari

Oxirgi yillarda kartoshka ishlab chiqarish va sotishni Erkin amalga oshirish, xosildorlikni oshirish imkoniyatlaridan foydalanish natijasida tarmoqning rentabellik darajasi ko‘pchilik, ayniqsa shaharlar atrofida joylashgan korhonalarda, bozor iqtisodiyoti qonunlari talablariga mos ravishda oshib bormoqda. Bu yutuqqa odatda Erkin va shartnoma baholarining ko‘tarilishi hisobiga Yerishilmoqda. Ammo ko‘pchilik fermer xo‘jaliklarida 1s kartoshka o‘rtacha to‘liq tannarxining ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Bunday hol asosan jahon bozoridan sotib olinadigan urug‘lar baholarining keskin oshishi hisobiga sodir bo‘lmoqda. Bundan tashqari kartoshkani ekish, qator orasini yumshatish, hosilni yig‘ib olish va boshqa jarayonlar qo‘l bilan ishlatiladigan vositalar bilan bajarilmoqda. Natijada tarmoqda mehnat unumdorligi past darajada qolmoqda. Kartoshkaning tannarxi kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashga sarflanadigan xarajatlar hisobiga ham oshmoqda .


Oxirgi yillarda Kolorodo qo‘ng‘izining kartoshka paykallarida keng tarqalishi natijasida hosildorlik pasaymoqda va uning sifati yomonlashmoqda. Zararkunandaga qarshi qimmat baholi ximikatlardan foydalanish kutilgan natijalarni bermayotir.
Yuqori va sifatli hosil olish hamda arzon kartoshka ishlab chiqarish uchun quyidagi imkoniyatlardan foydalanishga alohida etibor berish lozim:
-Yengil qumoqli mexanik tarkibiga ega o‘tloq, o‘tloq–bo‘z tuproqlarda, daryo yonbag‘ri uchastkalarida, tog‘li va tog‘oldi zonalarda yaxshi o‘sib, yuqori hosil beradigan navlarni ekish;
-Suvga talabchanligini hisobga olib 400-500 m.kub hajmida 7-8 marta sug‘orish, uni asosan kechasi amalga oshirishga Yerishish;
-Bunday yerlarga gektariga 30-40 tonna yarim chirigan go‘ng, 250-300 kg ammofos va 160-200 kg kaliy sulfat yoki kaliy tuzi solinib, 30sm chuqurlikda haydalishini ta’minlash;
-O‘suv davri 69-70 kunda tezpishar va o‘rtapishar navlar (Zarafshon, SANTE, Romona, Marfona va boshqalar)ni ekish; Mustaqillik yillarida (2010-2014 yillarda) kartoshkaning O‘zbekistonda yaratilgan quyidagi navlari rayonlashtirilgan: ko‘k saroy -14, UZ.2011 y., pskom-14, UZ.2012 y., sarnav-14, UZ.2012 y., sYerhosil -14, UZ.2011 y., umid 2-14, UZ.2013 y. va yaroqli 2010-12, UZ.2011 y.
-Bahorda hamda kuzda ekiladigan urug‘larni ekish oldidan 100 l suvda 5-6 kg TMTD bilan birga 2 gramm kahrabo kislotasi hamda 4 kg ammofos qo‘shib ivitib ekish hisobiga hosildorlikni 11-16 foizgacha oshirish;
-Har gektarga 3-3,5 tonna urug‘lik tuganaklar ekilishiga, ekiladigan tuganaklarning vazni esa 30-80 gramm bo‘lishiga, ularni tuproqning 6-7 sm chuqurligiga ekish, qotqoloqni tez yorib qisqa muddatda to‘la ko‘chat olish imkoniyatiga ega bo‘lish.
-Eng progressiv usul hisoblangan urug‘ni pushta ustiga ekishni joriy qilish;
-Urug‘likning asosiy qismini urug‘likka ixtisoslashgan xo‘jaliklarda tayyorlash va uni zamonaviy omborlarda saqlash;
-Kartoshka ishlab chiqarishda oila pudrati asosida pul va natura shaklida garantiyalangan mehnat haqini joriy etish;
-Tovar mahsulotlarni Erkin, va shartnoma, ya’ni bozor iqtisodiyotining qiymat, talab va taklif qonunlari talablari asosida tashkil topgan baholarda sotish va h.k.

20.1.14. .Chorvachilik ozuqa resurslarining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati


Barcha turdagi chorvachilik tarmoqlarini intensiv va ekstensiv yo‘llar bilan rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, dastavval ozuqa resurslarining miqdori, sifati va tarkibiga bevosita bog‘liq.


Chorvador va boshqa biolog olimlar, mutaxasislar turli xil xonakilashtirilgan hayvonlarning fiziologik, genetik va boshqa hususiyatlarini hisobga olib ularni oziqlantirish me’yorlari kunlik rasionlari, ozuqalarga bo‘lgan talablarini ishlab chiqishgan. Ulardan foydalanish hayvonlarning mahsuldorlik potensialidan, ularga sarflanayotgan kapital qo‘yilmalar va joriy xarajatlarning samaradorligini oshirish uchun qulay sharoit yaratadi.
Chorva mollarining ozuqa resurslariga talabi ularning mavjudligini hisobga olib quyidagi guruhlarga bo‘lib rejalashtiriladi:
1.Ozuqabop ekinlar mahsulotlari bo‘yicha: ular o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi:
a).ko‘k o‘tlar (yaylov, pichanzor, ma’daniy ozuqabop ekinlar va boshqalar);
b).dag‘al ozuqalar (pichan, somon, poxol, poya va boshqalar);
v).shirali ozuqalar (silos, senaj, lavlagi, qovoq, va boshqalar);
g).to‘yimli ozuqalar (don, kepak, kunjara, o‘t uni, omuxta yem va boshqalar);
d).o‘simliklarni qayta ishlovchi sanoat qoldiqlari (jom, barda va boshqalar);
ye).aholi iste’mol qiladigan mahsulotlar chiqindisi (sabzavot, poliz, kartoshka po‘choqlari va boshqalar);
2.Chorvachilik mahsulotlari ozuqalari: Ular o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi:
a).sut va sutni qayta ishlash qoldiqlari(obrat, paxta, sivoratka va boshqalar);
b).qon, go‘sht va suyak uni;
v).baliq uni, yog‘i va boshqalar;
3.Sanoat ishlab chiqaradigan mineral ozuqalar; Ular o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi:
a).Makroelementlar (kaliy, fosfor, kalsiy, oltingugurt, xlor, va boshqalar);
b).Mikroelementlar (temir, mis, yod brom va boshqalar).
O‘zbekiston chorvachiligida foydalaniladigan ozuqa resurslarining taxminan 90 foizi maxsus ekinlardan, yaylov va pichanzorlardan, sanoat tarmoqlarida qayta ishlangan mahsulotlar va boshqalaridan olinadi. Masalan: yem ishlab chiqarish uchun arpa, makkajo‘xori, suli, soya, javdar va boshqalar ekiladi, shirali ozuqalar uchun-lavlagi, qovoq, makkajo‘xori, va boshqalar, ko‘k va dag‘al ozuqalar-uchun bir yillik, ko‘p yillik, o‘tlar va boshqalar ekiladi. Ular oziq-ovqatga mo‘ljallangan donlardan, yaylovlardan, pichanzorlardan olinadi va h.k.
Barcha turdagi ozuqalardan belgilangan me’yorda foyda-lanish ularning samaradorligini oshiradi. Shu maqsadda omuxta yem ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Shuni qayd etish lozimki, ozuqalar rasionlaridagi 15-20 va undan ortiq organik va mineral moddalarning 40-70 foizi, masalan qoramollar organizmida hazm bo‘lmaydi. Ozuqalarning o‘rtacha 5 foizi mollarni o‘zlarini saqlashga sarflanadi hamda qoldiqlari (go‘ng, siydik) ga aylanadi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ozuqalarning hazm bo‘lish, binobarin mahsulotga aylanish darajasini ko‘tarish uchun hayvonlarni ilmiy asoslangan me’yorda muntazam oziqlantirishni amalga oshirish zarur. Sarflanadigan ozuqalarning tarkibida xom protein, lizin, shakar va boshqa moddalarning belgilangan miqdorda bo‘lishi alohida ahamiyatga ega. Masalan, ko‘pchilik hayvonlar rasionidagi ozuqalarning tarkibida 105 gramm xazm bo‘luvchi protein bo‘lishi tavsiya etiladi. Masalan, agar u 90 gramm bo‘lsa, mahsulot birligiga sarflanadigan ozuqalar miqdori 25-28 foizga ko‘payadi, natijada go‘sht, sut, tuxum va boshqa mahsulotlar tannarxini ko‘tarilishiga olib keladi.
Ozuqalarni me’yordan ko‘p sarflash xam chorvachilikka salbiy ta’sir qiladi. Ular organizmning bo‘shashishiga, qarilik belgilarini tezlashtirishga olib keladi. Demak, chorvachilik tarmoqlarida barcha turdagi ozuqa resurslaridan samarali foydalanish dolzarb muammolardan biridir.

Chorvachilik uchun o‘simlikchilik ozuqa resurslari miqdorini qo‘upaytirish, sifatini yaxshilash va tarkibini takomillashtirish asosan maxsus ekinlar maydonini kengaytirish va ularning hosildorligini oshirish, tabiiy yaylov va pichanzorlardan oqilona foydalanish hisobiga amalga oshiriladi.


O‘zbekistonda uzoq yillar davomida o‘simlikchilik ozuqa resurslari tabiiy yaylov va pichanzorlardan, oziq-ovqatga mo‘ljallangan galla ekinlari qo‘shimcha mahsulotlaridan tashkil topgan. Maxsus ozuqabop ekinlari juda kam maydonlarga ekilgan. Uning hammasi ko‘p yillik bedalar bo‘lgan. Boshqa maxsus ozuqa ekinlari mutlaqo ekilmagan. Barcha g‘alla ekinlarining, shu jumladan, ozuqabop arpa hamda makka doni ham asosan aholi tomonidan oziq-ovqat sifatida foydalanilgan.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin