O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


Chorvachilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə85/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

21.3. Chorvachilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari

Respublikada uzoq yillardan beri ayrim chorva mahsulotlarini, shu jumladan, mol va parranda go‘shtlarini, jun, pilla ishlab chiqarish va sotishdan ko‘pchilik korhonalar zarar ko‘rmoqdalar. Boshqa mahsulotlarning rentabellik darajasi ham bozor iqtisodiyoti qonunlari talablariga to‘laroq javob bermaydi.


Barcha turdagi chorvachilik mahsulotlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun quyidagi omil va imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish zarur:
1.Chorva hayvonlari mahsuldorligini oshirish. Bu o‘ta dolzarb vazifani bajarish uchun ularni turli xil ozuqalarga bo‘lgan talablarini ilmiy asoslangan rasionlar bo‘yicha muntazam qondirish. Natijada zotdor hayvonlarning mahsuldorlik potensiali hamda sarflangan ozuqalar samaradorligini oshirish imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish, ko‘proq, sifatliroq hamda arzonroq mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish imkoniyati yaratiladi;
2.Chorva hayvonlarning zotdorlik belgilarini saqlash va yanada mustahkamlash maqsadida seleksiya, naslchilik ishlarini yuqori darajada tashkil etish, jumladan, sun’iy urchitish, getYerozis ustunliklaridan to‘laroq foydalanish;
3.Qishloq xo‘jaligi korhonalari, fermer, dehqon xo‘jaliklarini yuqori mahsuldor zotli chorva mollari bilan muntazam ta’minlash maqsadida yuqori mas’uliyatli naslchilik zavod va naslchilik xo‘jaliklarini barpo qilish ularni imtiyozli sharoitlardan foydalanishga imkon yaratish.
4.Chorvadorlarning mehnat unumdorligi va mehnat haqini barqaror oshirish uchun texnologik jarayonlarni kompleks mexanizasiyalash va avtomatlashtirish usullaridan foydalanish; dastavval, ozuqalarni taqsimlash, sigirlarni sog‘ish, qo‘y va echkilar junini qirqish, sug‘orish, binolarni chorva qoldiqlaridan tozalash, ulardan foydalanish bilan bog‘liq va boshqa ishlarni progressiv vositalar yordamida bajarish;
5.Hayvonlarni saqlashning progressiv usullaridan, shu jumladan, bog‘lamasdan saqlash, maxsus qo‘ralardan foydalanish;
6.Asosiy vositalardan ayniqsa, chorva binolari va inshoatlari quvvatidan oqilona foydalanish;
7.Ilg‘or (progressiv) zooveterinariya hizmatlaridan foydalanish va h.k.



Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin