21.9.Qo‘ychilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari
Ko‘pchilik korhonalarda go‘sht, qorakul teri va jun mahsulotlarining tannarxi va sotish baholarining oshishi kuzatilmoqda, tannarxga kiritilgan xarajatlarning rentabellik darajasi bozor iqtisodiyoti qonunlari talablariga to‘liq javob bermaydi.
Tarmoq mahsulotlari iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun quyidagi omillardan va imkoniyatlardan foydalanish zarur:
1.Qo‘ychilikda tabiiy yaylov ozuqa resurslarining ahamiyatini hisobga olish, yaylovlarning hosildorligini oshirish chora tidbirlarini muntazam amalga oshirish lozim. Bu maqsadda yaylov aylanuvini tashkil etish, qo‘shimcha sYerhosil yaylov o‘simliklarining urug‘larini ekish va boshqalar. Qish oylarida tabiiy ozuqalar proteinining 2-3 marta kamayib ketishi hisobiga qo‘ylarga qo‘shimcha kuchli ozuqa berish zaruriyati kelib chiqadi. Bunday jarayon amalga oshirilmasa ona qo‘ylardan olinadigan qo‘zilarning sifatli belgilari pasayadi, ulardan olingan teri ham mayda bo‘ladi va hokazo;
2.Cho‘ponlarning mehnat unumdorligi va ularning mehnatiga haq to‘lashni oshirish imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish kerak. Bu vazifani boshqarish uchun sYermehnat jarayonlarni mexanizasiyalashtirish, har bir cho‘ponga biriktirilayotgan qo‘ylar sonini ilmiy asoslangan me’yorlar darajasiga yetkazish, cho‘ponlar oilasiga ma’ishiy va boshqa hizmatlarni yuqori darajada tashkil etish zarur va hokazo;
3.Zooveterinariya hizmatlarini tashkil etishda ilg‘or (progressiv) usullardan foydalanish, optimal muddatlarda qo‘zi olish, qochirish, junini qirqish, sug‘orish va boshqa texnologik ishlarni talab darajasida bajarish;
4.Jun va qorako‘l teri mahsulotlarini qayta ishlash va ularni ichki va tashqi bozorlarda Erkin, kelishilgan shartnoma baholarda sotishni amalga oshirishga amaliy yordam ko‘rsatish.
21. 10.Parrandachilikning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
Parrandachilikning asosiy mahsulotlari - tuxum va parhyezli parranda go‘shti aholi uchun o‘ta foydali oziq-ovqat hisoblanadi. Tuxum tarkibida inson organizmida 100 % hazm bo‘ladigan oqsil hamda vitamin, moy va boshqa moddalar bor, u eng yuqori kaloriyali parhyez taom hisoblanadi.
Parranda, ayniksa jo‘ja go‘shti tarkibi ham inson organizmi uchun tez va to‘laroq hazm bo‘luvchi moy, oqsil, vitamin va boshqa moddalarga boy. G‘oz va o‘rdak go‘shtlarida inson organizmi uchun foydali moy, oqsil va boshqa moddalar ham mavjud. Ular katta kaloriya bo‘yicha cho‘chqa va qoramol go‘shtlaridan yuqori .
Parrandalar tez ko‘payuvchi va yetiluvchi hayvondir. Tovuq, o‘rdak, kurka, g‘oz 5-7 oylik bo‘lishi bilanoq tuxum bera boshlaydi. Bir tovuqdan yiliga maksimum 300 dona tuxum va undan jo‘ja ochirib go‘sht uchun boqilsa, tirik vaznda 4 s. go‘sht olish mumkin.
Jo‘jalar jadal oziqlantirilsa 50-55 kunda 1,5-2,0 kg, o‘rdaklar esa 3-3,5 kg og‘irlikka ega bo‘ladi. Parrandachilikning boshqa hayvonlarga nisbatan samaradorligi shundaki, ularga sarflanadigan ozuqalar birligiga anchagina ko‘proq foydali mahsulot ishlab chiqariladi. Masalan, 1 kg jo‘ja go‘shti ishlab chiqarish uchun 3,5-4 kg, g‘oz va o‘rdak go‘shti uchun 4,5-5 kg ozuqa birligi sarflanadi; 1kg cho‘chqa go‘shti va mol go‘shtlariga esa mos ravishda o‘rtacha 6,5-8,5 kg sarflanadi; 1kg tuxum oqsiliga mol go‘shti oqsiliga nisbatan 4-5 marta kam ozuqa birligi sarflanadi.
Parrandachilikning qoldiq mahsuloti - go‘ngdan o‘simlikchilik tarmoqlarida, ayniqsa, yopiq maydon sabzavotchiligida foydalanish ularning hosildorligini sezilarli darajada oshiradi. Parrandalarni so‘yishdan olingan pardan yostiq, ko‘rpa va boshqalar tayyorlanadi.
Parrandachilikni sanoat asosida rivojlantirish mahsuldorlik va mehnat unumdorligini oshirish hamda yil davomida barqaror miqdorda tuxum va go‘sht ishlab chiqarish hamda sotish uchun qulay sharoit yaratiladi, kapital qo‘yilmalarning qaytish muddatini tezlashtiradi va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |