O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


Parrandachilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə94/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

21.12.Parrandachilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari

Ko‘pchilik xo‘jaliklarda, ayniqsa, parrandachilik fabrikalarida tuxum ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining rentabelligi bozor iqtisodiyoti qonunlari talablariga javob beradi. Ammo parranda go‘shtlarini yetishtirishda va sotishda bu ko‘rsatkichni optimal tashkil topish imkoniyatlaridan oqilona foydalanishga Yerishilgan emas.


Ko‘proq, sifatliroq va arzonroq parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish uchun quyidagi omillardan va imkoniyatlardan to‘laroq foydalanish zarur:
1.Tarkibida 15-20 ta moddalar mavjud bo‘lgan omuxtayemlardan foydalanish;
2.Xo‘jaliklarning ixtisoslashishini hisobga olib elita hamda gibrid parranda zotlarini ko‘paytirish zarur. Oxirgi yillarda O‘zbekiston parrandachilik fabrikalarida va boshqa xo‘jaliklarda “Leggorn”, “Kornish”, krosslardan «Ko‘ng‘ur-xayseks», «Lomoni-braun» kabi tovuq zotlaridan foydalanish yuqori samara bermoqda;
3.Inkubasiya jarayonida sog‘lom jo‘ja va boshqalarni olish uchun ilg‘or (progressiv) usullardan keng foydalanish kerak. Inkubasiyalanadigan tuxumlar maxsus karton qog‘ozlarda va fleygalarda joylashtiriladi, 8-120S issiklikda, nisbiy namligi 75-80% omborxonalarda, uzog‘i bilan 5-6 kungacha saqlanadi. Inkubasiyalashdan oldin tuxumlarni formaldegid yod, azon, margansovka va boshqalar kabi maxsus moddalar bilan zararsizlantirilishi ulardan foydalanish koeffisiyentini oshiradi;
4.Yosh jo‘ja va boshqalarni maxsus kletkalarda hamda to‘shamalarda saqlashning ham progressiv usullaridan foydalanish lozim. Ayniqsa ularni oziqlantirish belgilangan me’yorlarda va muddatlarda amalga oshirilishi, mikroklimatni saqlash aloxida ahamiyatga ega;
5.Zooveterinariya hizmatining progressiv usullaridan foydalanishni tashkil etish lozim;
6.Tuxum, go‘sht, jo‘ja va parrandachilik mahsulotlarini Erkin, shartnoma baholarida sotish, parrandachilikda band bo‘lgan ishchi va hizmatchilarga kafolatlangan mehnat haqi to‘lashning amalga oshirilishi ham muhim tadbir bo‘lib hisoblanadi.



Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin