O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari


 Kurashchilar hujum harakatlarini tayyorlash taktikasi



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

 
6.2. Kurashchilar hujum harakatlarini tayyorlash taktikasi 
Hujum harakatini ma’lum bir usul bilan taktik tayyorlash 
murakkab usulning bir qismi bo‘lishi lozim. Bunda u hujum usuli 
bilan uzluksiz ravishda bajariladi. Aldamchi harakatdan (shaxsan 
hujum bajarishni taktik tayyorlashdan) murakkab hujum harakatining 
(MHH) hal etuvchi yakuniy harakatiga o‘tish paytiga alohida e’tibor 
qaratish lozim. Turli hujum usullariga eng maqsadga muvofiq 
bo‘lgan taktik tayyorgarlik usullarini tanlash lozim. Shu maqsadda 
kurashchilar taxminiy MHH bilan tanishgandan so‘ng quyidagi 
topshiriqni oladilar: ma’lum bir usulga mustaqil ravishda taktik 
tayyorgarlik usullarini tanlash va ularni hujum usullari bilan MHH ga 
birlashtirish (yangi MHH ni o‘ylab topish). 
Murakkab hujum harakatlarini takomillashtirishda pedagogik 
jarayon yangi malakani tarbiyalashga qaratilgan. Yangi MHH ni 
muvaffaqiyatli egallash faqat avval o‘rganilgan usullar asosida 
amalga oshirilishi mumkin. MHH ni o‘rganish jarayonida, MHH ni 
shakllantirishda qiyinchiliklarni ketma-ket yengib o‘tish talabiga 
rioya etish lozim. MHH ni bajarishda oldingi mashqlar 
egallangandan va MHH ning tayyorlov harakatidan yakuniysiga 
o‘tishda, yuqori aniqlikka erishilgandan so‘ng, keyingi beshta urinish 
davomida takrorlashni bajarish zarur. Agar bunday takrorlashlarda 
aniqlik yomonlashmasa (malaka yetarlicha mustahkam bo‘ladi), unda 
keyingi MHH ni egallashga o‘tish lozim. MHH ga o‘rgatish boshida 
bir harakatdan ikkinchisiga o‘tishi aniqligi kamroq bo‘ladi, 
keyinchalik u oshib boradi. 
Ma’lum bir usulga (hujum usullariga) nisbatan hujum 
harakatlarini qo‘llashni o‘rganishda raqib harakatlarida “o‘lik 
nuqta”ni (harakatsiz holat va ma’lum bir vaqt ichida himoyalanish 
harakatlarini bajara olmaslik) yaratib, usul harakati yo‘nalishi 


79 
tomoniga kabi qarama-qarshi tomonga turli taktik tayyorgarlik 
usullarini tanlash zarur. Kurashda o‘smirlarni ko‘p sonli hujumni 
taktik tayyorlash usullariga o‘rgatish zarur. Buning asosiy maqsadi - 
o‘smirlar o‘zlariga yoqadigan murakkab hujum harakatlarini mustaqil 
yarata olsinlar. Bundan tashqari, o‘smir turli raqiblarga qarshi tanlab 
qo‘llay olishi mumkin bo‘lgan turli MHH ni egallashi lozim. 
Hujum harakatlari taktikasiga keyinchalik o‘rgatish turli 
usullardan kombinatsiyalar tuzish va ular bilan hujum qilishni 
egallash yo‘li orqali olib boriladi. Kombinatsiyalar shunday tuzilishi 
kerakki, birinchi usul bilan bajarilgan hujum raqibning himoyalanish 
harakatlari natijasida keyingi usul bilan hujum qilish uchun qulay 
dinamik vaziyatni yaratishi lozim. Kombinatsiyalar to‘xtovsiz 
bajariladigan uchta-to‘rtta usullardan tashkil qilinishi mumkin. 
Bunda oxirgisidan oldingi hujum usuli oxirgi (yakuniy) usul uchun 
qulay dinamik vaziyatni yaratishi zarur. 
Bunday kombinatsiyalar bilan hujum qilish misollarini 
o‘qituvchi-murabbiy ko‘rsata olishi hamda o‘smirlarni bunday 
hujumlarni mustaqil o‘ylab topishga o‘rgatishi lozim. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin