68
V BOB. KURASHCHILARNING TEXNIK TAYYORGARLIGI
5.1. Mashg‘ulot jarayonida kurashchilarning texnik tayyorgarligi
Kurashchining texnik tayyorgarligi kurashchi tomonidan
yuqori sport natijalariga erishishni ta’minlovchi harakatlar tizimining
egallaganlik darajasi bilan tavsiflanadi.
Kurashchilarning umumiy va
maxsus texnik tayyorgarligi
mavjud. Umumiy texnik tayyorgarlik yordamchi sport turlaridagi har
xil harakat malakalari hamda ko‘nikmalarini egallashga, maxsus
texnik tayyorgarlik milliy kurashda texnik mahoratga erishishga
qaratilgan.
Milliy kurashda texnik tayyorgarlik bir qator murakkab
vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan:
- maksimal kuchlanishdan
foydalanish samaradorligini
oshirish;
- ish kuchlanishini tejash;
- musobaqa faoliyatini, o‘zgaruvchan holat va sharoitlarida
harakatlanish tezligi, aniqligini oshirish.
Kurash texnikasini takomillashtirish kurashchilarning ko‘p
yillik tayyorgarligi davomida amalga oshiriladi va u milliy kurashda
texnik mahoratni oshirishga qaratiladi.
Texnik mahorat deganda, keskin bellashuv sharoitlarida eng
oqilona harakat texnikasini mukammal egallash tushuniladi.
Texnik mahoratni takomillashtirish uchta bosqichdan iborat;
1. Izlanish.
2. Barqarorlashtirish.
3. Moslashishni takomillashtirish.
Birinchi
bosqichda
texnik
tayyorgarlik
musobaqa
harakatlarining yangi
texnikasini shakllantirishga, uni amaliyotda
egallash shart-sharoitlarini yaxshilashga, musobaqa harakatlari
tizimiga kiruvchi ayrim harakatlarni o‘rganishga (yoki qayta
o‘rganishga) qaratilgan.
Ikkinchi
bosqichda
texnik
tayyorgarlik,
musobaqa
harakatlarining
butun
malakalarini
chuqur
o‘zlashtirish va
mustahkamlashga qaratilgan.
Uchinchi
bosqichda
texnik
tayyorgarlik
shakllangan
malakallarni
takomillashtirish,
ularning
asosiy
musobaqalar
sharoitlariga mos holda maqsadga muvofiq variantliligi, barqarorligi,
ishonchliligi chegaralarini kengaytirishga qaratilgan.
69
Har bir texnik tayyorgarlik bosqichining asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
1. Kurash texnikasi asosini
tashkil etadigan harakat
malakalarining yuqori barqarorligi hamda oqilona variantivligiga
erishish, musobaqa sharoitlarida ularning samaradorligini oshirish.
2. Harakat malakalarini qisman qayta ko‘rish, musobaqa
faoliyati talablarini hisobga olgan holda usullarning ayrim qismlarini
takomillashtirish.
Birinchi
vazifani
hal
etish
uchun
tashqi
vaziyatni
murakkablashtirish uslubi, organizmning turli holatlarida mashqlarni
bajarish uslubi qo‘llaniladi. Ikkinchi vazifani hal etish uchun - texnik
harakatlarni bajarish sharoitlarini yengillashtirish uslubi, birga ta’sir
ko‘rsatish uslubi qo‘llaniladi.
Texnik
usullarni
bajarishda
tashqi
vaziyatni
murakkablashtirish uslubi quyidagi bir qator usullarda amalga
oshiriladi:
1. Shartli raqib qarshiligining uslubiy usuli kurashchiga texnik
harakatni bajarish tuzilmasi va
maromini takomillashtirishga,
barqarorlik va natijalilikka tezroq erishishga yordam beradi.
2. Qiyin dastlabki holatlar va tayyorgarlik harakatlarining
uslubiy
usuli.
Masalan,
yelkadan
oshirib
tashlashni
takomillashtirishda ushlab olish joyi va kurashchilar o‘rtasidagi
masofani o‘zgartirish lozim.
3.Usullarni bajarish uchun joyni cheklash uslubi, malakani
takomillashtirishga mo‘ljallangan shartlarini murakablashtirishga
yordam beradi. Milliy kurashda, kichraytirilgan o‘lchamdagi gilamlar
qo‘llaniladi.
Texnik harakatlarning bajarilishini qiyinlashtiruvchi kurashchi
organizmining turli holatlarida mashqlarni
bajarish uslubi ham turli
xildagi usullarda amalga oshiriladi:
Harakatni ancha toliqqan holda bajarishning uslubiy usuli. Bu
holda katta hajm va shiddatdagi jismoniy yuklamadan keyin
kurashchiga texnikani rivojlantirishga qaratilgan mashqlar taklif
qilinadi.
Nazorat o‘quv-mashg‘ulot bellashuvlari o‘tkazilgandan so‘ng
katta emotsional zo‘riqish holatida harakatlarni bajarishning uslubiy
usuli. Musobaqa vaziyatida ayrim usullar yoki harakatlarni majburan
bajarish usuli malakani takomillashtirish jarayonida kurashchi
faolligini
rag‘batlantiradi.
O‘quv-mashg‘ulot
bellashuvlarida
70
kurashchi himoyaning texnik usullari yoki aksincha, hujum usullariga
ko‘proq diqqatni to‘plashga ko‘rsatma oladi.
Texnik harakatlarni bajarish shartlarini
yengillashtirish uslubi
bir qator uslubiy usullardan iborat:
1. Harakat elementini ajratish uslubi. Masalan, milliy kurashda
- belbog‘dan va qo‘ldan ushlab olishni amalga oshirish.
2. Mushak zo‘riqishini pasaytirish uslubi kurashchiga
harakatlanish malakasidagi ayrim harakatlarga yanada aniq
tuzatishlarni kiritishga yordam beradi. Texnik harakatlarni
takomillashtirish uchun kurashchiga ancha yengil vazn toifasidagi
raqib tanlanadi.
3. Tezkor axborot
uslubi zarur harakat kengligi, maromi,
sur’atini tez egallab olishga yordam beradi, bajariladigan harakatni
anglash jarayonini faollashtiradi.
Texnik harakat to‘g‘risidagi tezkor axborot uchun videokamera
va kompyuterlardan foydalanish qulaydir.
Birga ta’sir ko‘rsatish uslubi sport mashg‘ulotida o‘zaro
birgalikda jismoniy sifatlarni rivojlantirish va harakat malakalarini
takomillashtirishga asoslangan uslubi yordamida amalga oshiriladi.
Bu holda usullarni takomillashtirishda kurashchiga ancha og‘ir vazn
toifasidagi raqib tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: