O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari


 Kurashchining chaqqonligi va uni rivojlantirish uslubiyati



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

 
4.4. Kurashchining chaqqonligi va uni rivojlantirish uslubiyati 
Kurashchining chaqqonligi - bu harakatlarni nazorat qila olish, 
bellashuvda to‘satdan o‘zgarib turadigan vaziyatda tez hamda aniq 
yo‘l tutish va tegishli harakatlarni oqilona bajarish qobiliyatidir. 
Chaqqonlik deganda sportchining koordinatsion qobiliyatlari 
yig‘indisi 
tushuniladi. 
Shunday 
qobiliyatlardan 
biri 
yangi 
harakatlarni egallash tezligi, ikkinchisi - to‘satdan o‘zgaradigan 
vaziyat talablariga muvofiq harakatlarni tez qayta qurish hisoblanadi. 
Chaqqonlik kurashchini o‘rgatish jarayonida rivojlantiriladi. 
Buning uchun yangi harakatlarni muntazam egallab borish lozim. 
Chaqqonlikni rivojlantirish uchun har qanday mashqdan foydalanish 
mumkin, lekin ularda yangilik elementlari bo‘lishi shart. 
Chaqqonlikni rivojlantirishning ikkinchi yo‘li mashqning 
koordinatsion 
murakkabligini 
oshirishdan 
iborat. 
Bunday 
murakkablik harakatlarni yuqori darajada aniq bajarish, ularning 
5
F.A.Kerimov. Sport kurashi nazariyasi va usuliyati. 2005 y. 


65 
o‘zaro muvofiqligi, to‘satdan o‘zgarib turadigan vaziyatga mosligiga 
bo‘lgan talablarni oshirish bilan aniqlanishi mumkin. 
Uchinchi yo‘li - bu nooqilona mushak kuchlanishi bilan 
kurashish, chunki chaqqonlikni namoyon qilish ko‘p jihatdan 
mushaklarni zarur hollarda bo‘shashtirish malakasiga bog‘liq. 
Kurashchi koordinatsiyasini rivojlantirishning to‘rttinchi yo‘li 
- uning gavda muvozanatini ushlab turish qobiliyatini oshirishdir. 
Bunday qobiliyatni rivojlantirishning bir nechta usullari mavjud: 
1) 
muvozanatni 
ushlab 
turishni 
qiyinlashtiruvchi 
harakatlardagi mashqlar; 
2) akrobatika va gimnastika mashqlari; 
3) hamma tekisliklarda boshni tez harakatlantirish yordamida 
bajariladigan mashqlar. 
A.I.Yaroskiy majmuasiga beshta mashq kiradi: 
- boshni chapga va o‘ngga burish; 
- boshni oldinga va orqaga egish; 
- boshni yon tomonlarga egish; 
- soat millari bo‘ylab aylanma harakatlar; 
- soat millariga qarishi tomonga aylanma harakatlar. Bu 
mashqlar tez sur’atda kuniga uch marta 10 minutgacha bajariladi. 
Kurashchi chaqqonligini rivojlantirishning hamma vositalarini 
ikkita bo‘limga ajratish maqsadga muvofiqdir: umumiy chaqqonlikni 
rivojlantirish vositalari va maxsus chaqqonlikni rivojlantirish 
vositalari. 
Umumiy chaqqonlikni rivojlantirish vositalari umuman 
harakatlanish tajribasi va harakat koordinatsiyasini boytishga 
qaratilgan. 
Maxsus 
chaqqonlikni 
rivojlantirish 
vositalari 
kurashchining o‘ziga xos maxsus harakatlanish koordinatsiyasini 
hamda musobaqa faoliyatining favqulodda sharoitlarida o‘zining 
harakatlarini 
baholay 
olish 
va 
qayta 
qurish 
qobiliyatini 
takomillashtirishga qaratilgan. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin