56
tarkibi hamda asab-mushak kuchlanishi xususiyatiga ko‘ra
kurashchining musobaqa faoliyatida bajaradigan asosiy harakatlariga
mosdir. Shunday mashqlar orasida quyidagilarni ajratish mumkin:
- kurashning turli usullarini ishora orqali bajarish;
- maxsus trenajer moslamalarida bajariladigan mashqlar;
- kurashchilar manekeni bilan mashqlar.
Kurashchining maxsus jismoniy
tayyorgarligi harakatlanish
sifatlarini
kurashchilarning
musobaqa
faoliyati
xususiyatlari
tomonidan
qo‘yiladigan
talablarga
qat’iy muvofiq holda
rivojlantirishga qaratilgan.
Kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi asosan kurash
gilamida o‘tkaziladi va harakat malakalari
tarkibidagi eng muhim
harakat sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Shuning uchun maxsus
jismoniy tayyorgarlikning asosiy vositalari sifatida mumkin bo‘lgan
turli murakkabliklarni jalb qilgan holda musobaqa mashqlari
qo‘llaniladi. Bunday murakkablashtirilgan
mashqlar kurashchi
organizmiga bo‘lgan ta’sirni kuchaytiradi. Masalan, og‘irroq vazn
toifasidagi sherigini tashlash, sheriklarni almashtirgan holda o‘quv-
mashg‘ulot bellashuvlari bajariladi va h.k.
Mana shu hamma
mashqlar energiya ta’minotining u yoki bu mexanizmlarini
rivojlantirish imkonini ta’minlaydi, kurashchining mashqlanganligiga
kompleks holda ta’sir ko‘rsatadi hamda bir vaqtning o‘zida
uning
jismoniy va texnik-taktik tayyorgarligini oshiradi.
Jismoniy tayyorgarlikning hamma ko‘rsatilgan turlari bir-biri
bilan uzviy bog‘liq. Mashg‘ulot jarayonida
biron bir jismoniy
tayyorgarlik turlariga yetarlicha baho bermaslik oxir-oqibat sport
mahoratini oshishiga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun mashg‘ulot
jarayonida ko‘rsatilgan jismoniy tayyorgarlik
turlarini optimal
nisbatiga rioya qilish juda muhimdir. Uning son jihatdan ifodasi
doimiy o‘lcham hisoblanmaydi, balki kurashchilar malakasi, ularning
alohida xususiyatlari, mashg‘ulot jarayoni davri va organizmning shu
paytdagi holatiga bog‘liq holda o‘zgarib turadi.
Dostları ilə paylaş: