55
IV BOB. KURASHCHILARNING JISMONIY
TAYYORGARLIGI
Kurashchining jismoniy tayyorgarligi sport mashg‘ulotining
muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi
va jismoniy sifatlar -
kuch, chidamlilik,
egiluvchanlik, chaqqonlik va tezkorlikni
rivojlantirishga qaratilgan jarayondir.
Jismoniy tayyorgarlikning asosiy
vazifalari quyidagilardan
iborat:
- sportchilar sog‘ligi darajasi va ular organizmi turli
tizimlarning funksional imkoniyatlarini oshirish;
- jismoniy sifatlarni milliy kurashning o‘ziga xos xususiyatiga
javob beradigan birlikda rivojlantirish.
Jismoniy
tayyorgarlik umumiy, yordamchi va maxsus
tayyorgarlikka bo‘linadi.
Kurashchining umumiy jismoniy tayyorgarligi yuqori
natijalarga erishish uchun poydevor, zarur asos hisoblanadi. U asosan
quyidagi vazifalarning hal etilishini ta’minlaydi:
- kurashchi
organizmini
har
tomonlama
garmonik
rivojlantirish, uning funksional
imkoniyatlarini oshirish, jismoniy
sifatlarini rivojlantirish;
- salomatlik darajasini oshirish;
- shiddatli mashg‘ulot va musobaqa
yuklamalari davrida faol
dam olishdan to‘g‘ri foydalanish.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik turli vositalar to‘plashini o‘z
ichiga oladi. Ular orasida jihozlarda va jihozlar bilan bajariladigan
mashqlar, sherik bilan maxsus trenajerlarda
bajariladigan mashqlar,
boshqa sport turlari: akrobatika, yengil atletika, sport o‘yinlari, suzish
va h.k.dan olingan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: