O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

 
 
 


49 
3.2. Milliy kurash mashg‘uloti maqsadi va vazifalari 
Milliy kurash mashg‘uloti - bu yuqori sport natijalariga 
erishishga qaratilgan sport takomillashuvining yil davomida 
muntazam boshqariladigan pedagogik jarayonidir. 
Milliy kurash mashg‘ulotining maqsadi - bu mazkur sportchi 
uchun mumkin qadar maksimal darajada texnik-taktik, jismoniy va 
ruhiy tayyorgarlikka erishish hamda musobaqa faoliyatida yuqori 
natijalarni ko‘rsatishdir. 
Mashg‘ulot jarayonida hal qilinadigan asosiy vazifalar 
quyidagilardan iborat: 
- kurash texnikasi va taktikasini puxta egallash; 
- zarur darajada harakat sifatlarining rivojlanishini ta’minlash, 
shug‘ullanuvchilar funksional imkoniyatlarini oshirish va ularning 
sog‘ligini mustahkamlash; 
- axloqiy va iroda sifatlarini tarbiyalash; 
- sportchi tayyorgarligining turli tomonlarini rivojlantirish va 
uni musobaqa faoliyatida namoyon qilish; 
-muvaffaqiyatli mashg‘ulot va musobaqa faoliyati uchun zarur 
bo‘lgan nazariy bilimlar hamda amaliy tajribani egallash. 
Mashg‘ulot vazifalari birgalikda amalga oshiriladi. Biroq 
tayyorgarlik davri va bosqichlari, kurashchining mashqlanganligi, 
uning mahorat darajasi hamda boshqa omillarga qarab, bitta vazifaga 
ko‘proq, boshqasiga kamroq e’tibor beriladi. Mashg‘ulotning har bir 
vazifalari ketma-ket, ya’ni shug‘ullanuvchilarga bo‘lgan talablarning 
asta-sekin oshib borishi sharoitlarida hal qilinadi. 
3.3. Milliy kurash mashg‘uloti vositalari 
Milliy kurashdagi sport mashg‘uloti vositalari - bu tabiatning 
tabiiy kuchlari, gigiyenik omillar, maxsus bilimlar va turli xildagi 
jismoniy mashqlar bo‘lib, ular to‘rtta guruhga bo‘lingan: umumiy 
tayyorgarlik, yordamchi, maxsus tayyorgarlik va musobaqa. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin