41
uslublar. O‘z navbatida, uchta guruhning
har biri bir nechta
uslublardan tashkil topgan.
1 - jadval
O‘qitish uslublari
So‘zdan
foydalanish
uslublari
Ko‘rgazmali
qabul qilish
uslublari
Amaliy uslublar
Hikoya, ta’rif,
suhbat,
tushuntirish,
tahlil qilish,
ko‘rsatma berish,
hisoblash
Plakatlar, video
yozuvlarni
ko‘rsatish,
namoyish
qilish,
taqdimotlar
namoyish qilish
Qat’iy
tartiblashtiril-
gan mashqlar
uslublari.
Qismlarga
bo‘linib
o‘rganish.
Butunligicha
o‘rganish.
Qisman
tartiblashti-
rilgan
mashqlar
uslublari.
O‘yin,
musobaqa
uslublari
O‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan so‘zdan foydalanish
uslublari butun o‘quv jarayonini faollashtiradi, harakatlanishlar
to‘g‘risida yanada to‘liq hamda aniq tasavvurlarni
shakllantirishga
yordam beradi. Ushbu uslublar yordamida o‘qituvchi o‘quv
materialining o‘zlashtirilishini tahlil qiladi va baholaydi.
Ko‘rgazmali
qabul
qilish
uslublari
o‘rganilayotgan
harakatlarning ko‘z bilan ko‘rish va eshitish orqali qabul qilinishini
ta’minlaydi.
Ko‘rgazmali qabul qilish harakatlarni yanada tez, chuqur va
mustahkam
egallab olishga yordam beradi, o‘rganilayotgan
harakatlarga qiziqish uyg‘otadi.
Amaliy
uslublar
shug‘ullanuvchilarning
faol
harakat
faoliyatiga asoslangan. Ular shartli ravishda ikkita guruhga bo‘linadi:
qat’iy va qisman tartiblashtirilgan mashqlar uslublari, harakat
shakllari, yuklama o‘lchamlari, uning o‘sib borishi, dam olish bilan
almashilib turilishi va boshqalarni qat’iy
tartiblashtirgan holda
harakatlarni ko‘p marta takrorlash bilan tavsiflanadi. Buning
natijasida kerakli harakatlarni asta-sekin shakllantirib, alohida
harakatlarni tanlab o‘zlashtirish imkoniyati tug‘iladi.
Qismlarga bo‘lib o‘rganish uslubi
dastlab harakatning alohida
qismlarini o‘rganishni, keyinchalik esa kerakli darajada butun holiga
birlashtirishni nazarda tutadi.
42
Butunligicha o‘rganish uslubi o‘qitishning yakuniy maqsadiga
qarab, harakat qanday ko‘rinishda bo‘lsa, uni shundayligicha
o‘rganishni ko‘zda tutadi.
Qisman tartiblashtirilgan mashqlar uslubi o‘quvchilar oldiga
qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun harakatlarni nisbatan erkin
tanlashga ruhsat beradi.
O‘yin uslubi harakatlarning qat’iy tartiblashtirilishi,
ularni
bajarishdagi mumkin bo‘lgan shartlarning yo‘qligi bilan tavsiflanadi;
ijodiy qobiliyatlarni mustaqil namoyon qilish uchun keng
imkoniyatlar yaratadi, mashg‘ulotlarning ko‘tarinki ruhda o‘tishini
ta’minlaydi.
Musobaqa uslubi maxsus tashkil qilingan musobaqa faoliyatini
nazarda tutadi. Bunday faoliyat ushbu holda o‘quv mashg‘ulotlari
samaradorligini oshirish usuli sifatida qatnashadi.
Shunday qilib, o‘quv-mashg‘ulotlarda hamma sanab o‘tilgan
uslublar turlicha birikkan holda, andozali shakllarda emas, balki sport
tayyorgarligining muayyan talablarini hisobga olib, o‘zgartirilgan
shakllarda qo‘llaniladi. Uslublarni tanlashda shu narsaga e’tibor
berish lozimki, ular oldinga qo‘yilgan
vazifalar, umumiy didaktik
tamoyillar, shuningdek sport mashg‘ulotining maxsus tamoyillari,
shug‘ullanuchilarning yosh xususiyatlari,
ularning malakasi hamda
tayyorgarlik darajasiga qat’iy muvofiq bo‘lishi shart.
Dostları ilə paylaş: