2.4.3. Milliy kurashda mustahkamlash va keyingi
takomillashtirish bosqichi
Kurashchining texnik-taktik harakatlarini mustahkamlash va
keyingi takomillashtirish bosqichida o‘qitishning asosiy vazifasi,
ya’ni
harakat
ko‘nikmasini
shakllantirish
va
musobaqa
44
bellashuvlarida egallab olingan kurash usullarini qo‘llay olish
malakasini hosil qilish vazifasi hal etilishi lozim. Buning uchun
ushbu bosqichning quyidagi xususiy vazifalarini bajarish zarur:
- shug‘ullanuvchilarni egallangan texnik harakatlarni turli
sharoitlarda usullar bilan birga qo‘shib bajarishga o‘rgatish;
- kurashchini o‘rganilgan harakatni har xil tayyorgarlikka
(jismoniy, texnik, taktik va h.k.) ega bo‘lgan raqiblar bilan bajarishga
o‘rgatish;
- shug‘ullanuvchilarning alohida xususiyatlariga muvofiq va
ularning jismoniy tayyorgarligi oshishini hisobga olgan holda
o‘rganilgan texnik harakatlarni yangi elementlar (taktik tayyorgarlik
usullari, ushlab olishlar, yakunlovchi fazalar) bilan boyitish;
- musobaqa bellashuvlarida o‘rganilgan texnik harakatning
yetarli darajada barqarorligi va variantliligi, ishonchliligi va
tejamliligini ta’minlash.
2.5. Milliy kurash darslarini (mashg‘ulotlarini) o‘tkazish
uslubiyati
Darsni o‘tkazish uslubiyatida mashg‘ulotning asosiy formasi
sifatida darsning tuzilishini, vazifasi va dars qismlarining mazmunini
hamda uni amalga oshirishning uch vazifasini - darsga tayyorgarlik,
uni o‘tkazish va yakunlash vazifalarini yaxshi tushunish muhimdir.
Darsning tuzilishi. Darsning tuzilish mazmuni o‘quvchilar
kontingentini va ularning ishchanlik qobiliyatini hisobga olgan holda
vaqtdan maqsadga muvofiq foydalanishiga asoslanadi.
Darsning tuzilishi deganda, muayyan tartibda, ancha maqsadga
muvofiq izchillikda joylashtirilgan darsning o‘zaro bog‘langan
qismlari tushuniladi. Dars tuzilishida o‘qituvchi-murabbiy xatti-
harakatlarining izchilligi, o‘zaro bog‘liqligi bayon qilinadi va ochib
beriladi, shuningdek, shug‘ullanuvchilar bajaradigan hamma ishlar
aytib o‘tiladi.
Dars vazifalarining muvaffaqiyatli hal etilishi darsda
o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning
to‘g‘ri qo‘yilishiga bog‘liq. O‘qishning birinchi yili o‘quv-
mashg‘ulot darslari 90-100 minut, ikkinchi yili 100-120 minut,
uchinchi yili 120-150 minut davom etadi.
O‘quv-mashg‘ulot va tarbiya vazifalarini hal etishda darsning
uch qismli tuzilishdan foydalaniladi. Bu shug‘ullanuvchilar
organizmining ishga normal kirishini, asosiy yuklamalarning
45
bajarilishi va nisbatan tinchlanishini ta’minlaydi. Shunday qilib, dars
tuzilishi quyidagi 3 qismdan tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi
qismlardan tashkil topgan.
Dars ish rejasi har bir dars uchun tuzilgan reja yoki grafik reja
asosida o‘tkaziladi. Darsning vazifasi va mazmuni shug‘ullanuvchilar
kontingenti, ularning soni, sharoitlar, tayyorgarlik davri va
qo‘llaniladigan uslublariga qarab tuziladi.
Darsning tayyorgarlik qismi 25-40 minut vaqtni egallaydi. Bu
vaqtda darsning asosiy qismi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
Vazifalar:
1. Boshlang‘ich tashkiliy ishlar, shug‘ullanuvchilar e’tiborini
qozonish, ularni dars vazifalari bilan tanishtirish va mashg‘ulotga
ijobiy yo‘nalish berish.
2. Harakat apparatini va organizmning barcha tizimlarini asta-
sekin oshirilgan yuklamalarga funksional jihatdan tayyorlash,
organizmni qizitish va asosiy ishga tayyorlash.
3. Qulay emotsional holatni vujudga keltirish.
Vositalar: bajarish texnikasi shug‘ullanuvchilar o‘zlashtirib
olgan yoki tez o‘zlashtiriladigan yengil mashqlar: signal, belgilar
bo‘yicha turli xilda sarflanish va qayta saflanish. Turli xilda yurish,
yugurish, umumiy tayyorgarlik va maxsus xarakterdagi gimnastika
mashqlari. Kuchlilik, egiluvchanlik, cho‘zilish va mushaklarni
bo‘shashtirish mashqlari, harakatlar sofligiga oid mashqlar,
yuklamalarni asta-sekin oshira borib, eng oddiy sakrash,umbaloq
oshish mashqlari, shuningdek, oson harakatli o‘yinlar va yakkama-
yakka olishish elementlari bo‘lgan mashqlar.
Darsning asosiy qismi 60-100 minut davom etadi. Bu vaqt
ichida ta’lim-tarbiya berish, sog‘lomlashtirish vazifalari, kurash
sohasidagi umumiy va maxsus vazifalar hal etiladi.
Vazifalar:
1. Harakat apparatini va organizmning barcha tizimlari har
tomonlama rivojlantirish hamda mehnat va sport faoliyatida zarur
bo‘lgan jismoniy sifatlarni tarbiyalash.
2. Kurash texnikasi va taktikasini o‘rgatish hamda uni
shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanganlik va funksional
tayyorgarlik darajasini oshirish bilan qo‘shib olib borgan holda
takomillashtirish.
3. Shug‘ullanuvchilarni harakat faoliyati, kurash sohasidagi
bilimlar “Alpomish” va “Barchinoy” testlariga doir hayotiy muhim
bo‘lgan amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish.
46
Asosiy vositalar. Buyumlarsiz va buyumlar, koptok, tayoq,
gantel,
espander
va
boshqalar
bilan
bajariladigan
umumrivojlantiruvchi, tayyorlovchi va maxsus mashqlar. Asosiy
mashqlar - kurashdagi taktik-texnik harakatlar, yunon-rim va erkin
kurash, sambo dzyudo kurashi elementlaridan foydalanish. Yengil
atletika, gimnastika, suzish, sport o‘yinlari va hokazo.
Milliy kurash darslarining asosiy qismida, uning boshqa
qismlaridagi kabi sport tayyorgarligiga doir maxsus vazifalarni
bajarish bilan birga psixologik tayyorgarlik, axloqiy va estetik tarbiya
vazifalari ham hal etiladi.
Darsning yakunlovchi qismiga 5-10 minut ajratiladi, dars esa
organizmni nisbatan tinch holatga keltirish bilan yakunlanadi.
Vazifalar:
1. Organizm faoliyatini tinchlantirish va ishlab turgan
mushaklarni ortiqcha zo‘riqishini pasaytirish.
2. Emotsional holatni tartibga solish, mashg‘ulotni yakunlash
ishlarini qisqacha tahlil qilish va baholash, uyga vazifa berish va
hokazo.
Birinchi faza - darsga tayyorlanish sharoitlarga muvofiq
ravishda mashg‘ulotning puxta o‘ylangan reja-konspekt tuzish, zalni,
maydonchani,
jihozlar,
tulum
va
hokazolarni
tayyorlash,
shug‘ullanuvchilar kontengenti soni, tayyorgarligi, vazn toyifalari va
hokazolarni hisobga olish.
Dars rejasida yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan guruh rahbarlari,
hakamlar, razryadli kurashchilar, axborotchilar va hokazolarning
mavjudligini hisobga olish muhimdir.
Ikkinchi faza - darsni o‘tkazish hisobiga - darsni o‘z vaqtida
boshlash va shug‘ullanuvchilarni aniq uyushtirish, mushg‘ulot
mavzusini qisqacha bayon qilish, xususiy vazifalarni va bolalarning
mustaqil faoliyati uchun beriladigan topshiriqlarni tushuntirish.
Bularning hammasi umumiy va shaxsiy uslubiy ko‘rsatmalar berish
kerakligini va kamchiliklarni qanday yo‘qotish zarurligini aytish,
xatti-harakatlarni baholash bilan qo‘shib olib boriladi. Bu esa
darsning muvaffaqiyatli o‘tishga yordam beradi va bunday dars
o‘quvchilarning ijodiy mustaqilligini oshiradi.
Uchinchi faza - darsni yakunlash - darsning yakunlovchi
qismida o‘qituvchi o‘zi uchun ham, o‘quvchilar uchun ham yakun
chiqaradi. Bayon qilingan mavzuni tahlil qiladi va kelgusi
mashg‘ulotlarni belgilaydi. Buning uchun u dars rejasida mavzuni
qanday o‘zlashtirilganligini, yuklama o‘quvchilarga qanday ta’sir
47
etganligini, qanday yangi uslub yoki usullardan foydalanilganligini,
tarbiya, mustaqil ishlar, uy vazifalari va hokazolarda nimaga e’tibor
berish kerakligini qayd qiladi.
Dostları ilə paylaş: |