48
III BOB. MILLIY KURASH MASHG‘ULOTI USLUBIYATI
ASOSLARI
3.1. Milliy kurashning o‘ziga xos xususiyatlari
O‘zbekcha milliy kurash quyidagi xususiyatlari bilan
xarakterlanadi:
- harakat amallari qarshi harakat qiluvchi raqib bilan
muloqotda
yuzaga keladi, bunda ulardan biri g‘alabaga erishish
uchun boshqasiga o‘zining texnikasi va taktikasini, jismoniy sifatlari
va qobiliyatini qarama-qarshi qo‘yadi;
- usullar texnikasi va harakatlar taktikasi o‘zaro mustahkam
bog‘langandir, chunki texnika maxsus harakat
va usullarni bajarish
usuli, taktika esa - kurash tushish vaqtida texnikani qo‘llash usuli
sifatida namoyon bo‘ladi;
- harakat malakalarini shakllantirish asosiy sifatlar -
chaqqonlik, tezlik, tezlik kuchi va maxsus chidamlilikni rivojlantirish
asosida usullar texnikasini va uning
variantlarini puxta egallab
olishni talab etadi;
- kurashchilarning harakat faoliyati siklik xarakterda bo‘lib, u
har doim o‘zgaruvchi forma va sharoitlarda o‘tadi, asab-ruhiy
jarayonlar
kurash
vaziyatlarining
lahzalik
almashinishidagi
anglangan harakatlar darajasida o‘tib boradi;
-raqibning harakatlarini, holatini va
hatti -harakatlarini tezlik
bilan baholash, unga qarshi harakatlar tanlash va to‘satdan paydo
bo‘luvchi, ko‘pincha yangi harakat va taktik
vazifalarni hal etish
zarurligi kurashish jarayonida har doim raqibning harakatlariga
qarshi harakat qilish zarurligi paydo bo‘ladi, bular - raqibning xatti-
harakati,
qiliqlari,
olishish
uslubi,
subyektiv
holati
qo‘zg‘aluvchanligi, loqaydligi, charchaganligi,
tashqi muhit -
musobaqa sharoitlari, hakamlar va tomoshabinlarga nisbatan
ko‘rsatadigan reaksiya va hokazolar;
- raqibi bilan kurashishdagi katta jismoniy
va irodaviy kuch -
g‘ayrat sarflash, kurash keskinligi faqat kuchli emotsional zo‘riqish
bilan emas, balki ko‘pincha og‘riqni his etish bilan bog‘langandir.
Bularning hammasi kurashchilardan har tomonlama umumiy va
maxsus jismoniy hamda irodaviy tayyorgarlikni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: