O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari


 Milliy kurashda o‘qitish tamoyillari



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

 
2.2. Milliy kurashda o‘qitish tamoyillari 
 
Zamonaviy pedagogikada o‘qitish tamoyillari o‘qituvchi 
faoliyati va o‘quvchining bilish faoliyati xususiyatini belgilab 
beradigan asosiy talablar hamda yo‘naltiruvchi qoidalar sifatida 
tushuniladi. Amaliy pedagogik faoliyatda o‘qitish tamoyilariga 
asoslanadi, ular o‘qitish amaliyotini rejalashtirish, tashkil etish va 
tahlil qilish uchun yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi. 
Milliy 
kurashda 
o‘quv-mashg‘ulot jarayoni jismoniy 
tarbiyaning asosiy tamoyillari: tarbiyaviy xususiyati, har tomonlama 
rivojlantirish, sog‘lomlashtirish va amaliy ahamiyatiga muvofiq 
holda olib boriladi. 
O‘qitishning 
tarbiyaviy 
xususiyati 
o‘quv-mashg‘ulot 
jarayoning qonuniyati hisoblanadi. Bu yerda kurashchilarning sport 
malakasi o‘sishi bilan bir vaqtning o‘zida shaxsga tegishli axloqiy 
me’yorlar shakllantiriladi. Sport zaxirasini tayyorlash va asosan 
tarbiyalash bir qator murakkab tarbiyaviy muammolarni hal etish 
bilan bog‘liq. Sportda yuqori natijalarga erishishda kurashchilarda 
texnik-taktik harakatlarni o‘zi nazorat qilish, tahlil etish va baholash 
malakalarini tarbiyalash katta ahamiyatga ega. Buning hammasi 
murabbiyning tarbiyaviy ta’siri natijasidir, uning rahbarligi ostida 
shug‘ullanuvchilar hayotiy vaziyatlarni hal etishga tayyor turish 
tajribasini oladilar. 
Murabbiy kasb mahoratidan tashqari, yuqori darajada 
ma’naviyatli va madaniyatli bo‘lishi, o‘z mas’uliyatiga vijdonan 
yondashishi, haqiqatgo‘y bo‘lishi hamda bolalarni sevishi va ular 
to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi lozim. Murabbiy shaxsiyatida ushbu 
sifatlarning namoyon bo‘lishi ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini 
belgilab beradi. 
Har tomonlama rivojlantirish tamoyili murabbiyni har 
tomonlama rivojlangan sportchi shaxsiyatini shakllantirishga 
yo‘naltiradi. Sport faoliyati ma’naviy, aqliy, mehnat, estetik va 
boshqa turdagi tarbiya bilan chambarchas bog‘liq. 
Mashg‘ulotning 
turli 
bosqichlarida 
oldinga 
qo‘yilgan 
maqsadlarga erishish, qiyinchiliklarni yengib o‘tishga intilish 
ma’naviy tajriba, iroda sifatlari, mustaqil fikrlash, mehnat qilish, 


40 
sport 
g‘alabalari va mag‘lubiyatlariga matonatli bo‘lishni 
shakllantiradi. 
Milliy 
kurash 
bo‘yicha 
o‘quv-mashg‘ulotlarning 
sog‘lomlashtiruvchi yo‘nalishi sport mahoratining bir tomonga 
o‘sishi va sog‘liq, jismoniy rivojlanganlik, shug‘ullanuvchilarning 
tayanch-harakat apparati, yurak-qon tomiri, nafas olish hamda asab 
tizimini mustahkamlash orqali ifodalanadi. Ushbu tamoyilga amal 
qilmaslik, ayniqsa, boshlang‘ich sport tayyorgarligi bosqichlarida, 
o‘smir kurashchilarda muntazam, ba’zi hollarda esa surunkali 
kasallanishga olib keladi va ommaviy razryadli sportchilarning 
kurash 
bilan 
shug‘ullanmay 
qo‘yishlarining 
asosiy 
sababi 
hisoblanadi. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin