O. E. Toshmurodov milliy kurashning nazariy asoslari


 Kurash xalqaro Assotsiatsiyasining Prezidentlari



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/62
tarix25.11.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#70566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
milliy kurashning nazariy asoslari

1.3. Kurash xalqaro Assotsiatsiyasining Prezidentlari. 
 
ISLOM KARIMOV 
Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi 
Faxriy Prezidenti. O‘zbekiston 
Respublikasi birinchi Prezidenti 
(O‘zbekiston) 
KOMIL YUSUPOV 
Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi 
sobiq Prezidenti 1998-2014-
yillar. 
Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi 
Faxriy vitse Prezidenti 
zamonaviy kurash asoschisi 
(O‘zbekiston) 
XAYDAR FARMON 
Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi 
Prezidenti 2014-yil 21-
yanvardan (Quvayt) 


15 
SHEYX AXMAD AL-FAXAD 
AL-SABAX 
Osiyo Kurash Konfederatsiyasi 
Faxriy Prezidenti. Osiyo 
Olimpiyada Qo‘mitasi 
Prezidenti, Xalqaro Olimpiyada 
Qo‘mitasi a‘zosi (Quvayt) 
PATRIK XIKI 
Yevropa Kurash 
Konfederatsiyasi Faxriy 
Prezidenti. Yevropa Olimpiyada 
Qo‘mitasi Prezidenti, Xalqaro 
Olimpiyada Qo‘mitasi a‘zosi 
(Irlandiya) 
LASSANA PALENFO 
Afrika Kurash Konfederatsiyasi 
Faxriy Prezidenti. Afrika Milliy 
Olimpiyada Assotsiatsiya 
qo‘mitasi Prezidenti, Xalqaro 
Olimpiyada Qo‘mitasi a‘zosi 
(Kot-d’ Ivuarda) 


16 
JULIO MAGLIONE 
Pan-Amerika Kurash 
Konfederatsiyasi Faxriy 
Prezidenti. Pan-Amerika 
Olimpiyada Qo‘mitasi 
Prezidenti (Urugvay) 
 
1.4. Milliy kurashni dunyoda ommaviylashuvi 
 
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning 
1999-yil 1-fevraldagi “Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasini qo‘llab 
quvvatlash” to‘g‘risidagi farmoni kurashimiz rivojlanishini yangi 
bosqichga ko‘tardi. 1999-yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan 1-jahon 
chempionatida Yevropa, Osiyo, Afrika, shimoliy va janubiy Amerika 
qit’alarining 30 mamlakati vakillari ishtirok etdi. Shundan buyon 
kurash bo‘yicha jahon va qit’a chempionatlari muntazam o‘tkazilib 
kelinmoqda. 
Dunyo bo‘yicha 30 milliondan ortiq yoshlar kurash bilan 
muntazam shug‘ullanadi. O‘z tillarida kurash qo‘llanmalarini chop 
qilgan davlatlar soni 50 dan oshdi. Bugun dunyoning turli 
burchaklarida kurashni bilishadi, uni sevishadi. Ushbu sport turi bilan 
muntazam shug‘ullanayotganlar soni yildan-yilga ortib borayotgani 
quvonarli albatta. Kurashni tarixi, buguni va kelajagi haqida 
qo‘llanmalar, kitoblar chop etildi.Bu esa kurashni yanada chuqurroq 
o‘rganishga, bilishga zamin yaratadi. 
Olimpiyada tamoyillariga tamomila mos keladigan kurashni 
2002-yilda Osiyo Olimpiya kengashi tomonidan “Osiyo sporti” deb 
e’lon qilinishi bejizga emas. Kurashni Xalqaro sport turi sifatida 
maydonga chiqishi jahonda nufuzli sport tashkilotlari hamda dunyo 
mamlakatlarining kurashga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi. 
Kurashni rivojlantirish borasida Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasining 
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, Milliy olimpiya qo‘mitalar, Afrika 
qit’aviy olimpiya qo‘mitasi, Amerika olimpiya qo‘mitalari bilan keng 


17 
ko‘lamdagi samarali hamkorligi, jahon jamoatchiligini e’tiborini 
tortmoqda. 
Qit’amizni ikkita nufuzli musobaqasi: 
- yopiq inshootlarda o‘tkaziladigan to‘rtinchi qit’a o‘yinlari; 
- yakkakurashlar o‘rtasidagi birinchi Osiyo o‘yinlarida ushbu 
sport turi bo‘yicha rasmiy musobaqalar uyushtirildi. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin