9
edilar. Shuning uchun ham bahodirlar o‘z sevgililarini jangda
qahramonlarcha oqlashlarini qat’iy talab qilganlar.
Qadimgi kurash usullaridan XX asrdagi kurash usullari bir-
biridan ancha farq qilgan. Qadimda bellashuv natijalari polvonlarning
kuchiga bog‘liq bo‘lsa, XX asrda bellashuv natijalari ko‘proq
kurashchilarning texnik-taktik tayyorgarligiga bog‘liq bo‘lgan.
Ommaviy kurash mahalliy xalq
orasida milliy ongining
o‘sishiga turtki bo‘layotganligini fahmlab Turkiston hukumati 1915-
yilda kurashishni taqiqlab qo‘ygan.
1918-yil 22-aprelda “Harbiy san’atga majburiy o‘rgatish
to‘g‘risida” qaror qabul qilingan. Bu qarorni amalga oshirish uchun
vatan mudofaasiga zaxira tayyorlash birlashmasi tashkil qilinadi.
Ushbu birlashmaning asosiy vazifasi mahalliy aholi tarkibidan
zaxiralarni jismoniy tomondan tayyorlashga rahbarlik qilishdan
iborat bo‘lgan. Bu mas’uliyatli tadbirni muvaffaqiyatli amalga
oshirish uchun ya’ni jismoniy tayyorgarlikni aniqlashda sportning bir
necha
turlaridan, ayniqsa, kurash sportidan asosiy vosita sifatida
foydalanishgan.
1920-yil 10-oktabrda Toshkentda o‘tkazilgan birinchi O‘rta
Osiyo olimpiyadasida sportning milliy turlari, shu jumladan,
belbog‘li (farg‘onacha) kurash ham keng namoyish qilinadi.
Sportning bu turi bo‘yicha o‘zbekistonlik polvonlar g‘olib
chiqishgan.
1921-yilda o‘tkazilgan ikkinchi O‘rta Osiyo olimpiyadasida
ham O‘zbekiston polvonlari birinchi o‘rinni olishgan. Bu
olimpiyadada ham belbog‘li (farg‘onacha) kurash namoyish qilingan.
1926-yil oxiriga kelib O‘zbekistonda
sport bilan
shug‘ullanayotgalar soni 20 minga yetdi, ularning 40 foizi mahalliy
yoshlardan iborat edi. Kurash mahalliy yoshlarni sportning boshqa
turlari bilan shug‘ullanishga jalb qilishda eng maqbul omil bo‘lgan.
1928-yil Qo‘qon shahrida birinchi jismoniy madaniyat
bayrami o‘tkazilgan. Ushbu bayramda “Belbog‘li” kurash bo‘yicha
Musobaqa uyushtirilgan. Kurash Musobaqasida respublikada dong‘i
ketgan 39 ta polvon maydonga chiqishgan.
Olti kun keskin davom
etgan Musobaqada farg‘onalik 65 yashar Ilmiyamin Ilimbuva g‘alaba
qozongan va O‘zbekistonning eng kuchli polvoni degan faxrli nomga
sazovor bo‘lgan.
1934-yilda bo‘lib o‘tgan O‘rta Osiyo xalqlari birinchi
spartakiadasi dasturiga kurashning kiritilishi uning roli oshganligidan
dalolat beradi. Bu spartakiadada kurashchilar to‘rtta vazn toifasida
10
kurashishgan. Kurashning “farg‘onacha” va “buxorocha” turlari
bo‘yicha ham O‘zbekiston jamoasi birinchi o‘rinni egallagan.
1936-yilda Toshkentda maxsus kurash maktabi ochiladi va
O‘zbekistonning kuchli kurashchisi Asqar
Otaboyev bu maktabning
rahbari va murabbiyi etib tayinlandi.
A.Atoyevning tashabbusi bilan 1964-yildan boshlab kurash
Buxoro Davlat Pedagogika Instituti (hozirgi BuxDU) jismoniy
tarbiya fakulteti o‘quv rejasiga kiritilgan.
Birinchi bor 1969-yilda o‘rta umumiy ta’lim maktablarining
8-10-sinf jismoniy - tarbiya dasturiga milliy kurash kiritilgan.
1991-yil O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, milliy sport
turlarini jahon arenasiga olib chiqish
masalasi ilk bor muhokama
qilindi.
1991-yil 14-15-iyunda bo‘lib o‘tgan O‘rta Osiyo va
Qozog‘iston ilmiy konferensiyasida K. Yusupov tomonidan
yaratilgan milliy kurashning yangi qonun-qoidalari, hakamlar hamda
kurashchilar kiyimlari tasdiqlandi va shu yili sport gazetasining 17-
sentabr sonida e’lon qilindi.
1992-yil O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom
Abdug‘aniyevich Karimov kurash mutaxassislari bilan muloqat
o‘tkazdi va alohida ko‘rsatmalar berdilar.
1992-yili Kanadada o‘tkazilgan “Dzyudo” bo‘yicha
jahon
chempionati hamda “Dzyudo” federatsiyasining butun jahon
Kongressida ilk bor kurash (o‘zbek kurashi) targ‘ib etildi.
1994-yilda Xirosima shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida
kurash musobaqalaridan yozib olingan video tasvirlar namoyish
etildi.
1995-yil Xindistonda o‘tkazilgan “Dzyudo” federatsiyasining
Osiyo Kongressida kurash haqida atroflicha ma’lumot yetkazildi.
1998-yil 6-7- mart kunlari Irlandiyaning Dublin shahrida
Yevropa “Dzyudo” uyushmasi taftish hay’ati yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ushbu yig‘ilishda kurash haqida yozma va video lavhalar namoyish
qilindi.
1998-yil 15-18-aprelda Monako shahrida o‘tkazilgan
“Dzyudo” uyushmasining 50
yillik yubiley Kongressiga
o‘zbekistonlik vakillar taklif etildi. Kurashning dovrug‘ini yoyishda
Irlandiya olimpiya qo‘mitasi Prezidenti, Yevropa olimpiya qo‘mitasi
vitse Prezidenti Patrik Xikining xizmatlari kata.
1998-yil 6-sentabrda Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi
(KXA) tuzildi.
11
1999-yil 1-fevralda O‘zbekiston Respublikasi birinchi
Prezidentining
“Xalqaro
Kurash
Assotsiatsiyasini
qo‘llab-
quvvatlash” to‘g‘risida farmoni qabul qilindi.
1999-yildan boshlab Jahon chempionatlari o‘tkazilib
kelinmoqda.
Dostları ilə paylaş: